Asosiy > Yangiliklar > MUSTAQILLIK — ULUG‘ NE’MAT

MUSTAQILLIK — ULUG‘ NE’MAT

Istiqlol — eng ulug‘ ne’mat. Mustaqillik barchamizga ozod yurtda erkin va farovon yashash imkonini tuhfa etdi. Ezgu orzu-intilishlarimizni ro‘yobga chiqarish, maqsadlarimiz sari dadil odimlash ulkan islohotlarning samarasi.



Hurmatli hamkasblar!

Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyotning yangi bosqichida dadil qadam tashlab, barcha sohalarda ulkan o‘zgarish va yangilanishlarni amalga oshirmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining yuksalishi, xalqimiz farovonligining oshishi, Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzi tobora mustahkamlanib borayotgani barchamizga yuksak g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

Bu yilgi bayramning «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» degan ezgu g‘oya ostida nishonlanayotgani ham chuqur ma’no kasb etadi. Zero, Vatanimiz ravnaqi, uning tinchligi va farovon kelajagi xalqimizning birligi, hamjihatligi, fidokorona mehnati va umumiy maqsadlar yo‘lidagi sa’y-harakatlariga bog‘liq.

Korxonamiz jamoasi ham mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va belgilangan ustuvor vazifalarni sidqidildan amalga oshirish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda. Erishilayotgan har bir natija zamirida jamoamizning bilim va tajribasi, kasbiga sadoqati hamda Vatan ravnaqiga qaratilgan halol mehnati mujassam.

Aziz kimyogarlar, korxonamiz xodimlari!

Ishonchim komilki, ahil va fidoyi jamoamiz bundan buyon ham Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va mamlakatimiz iqtisodiy qudratini yanada yuksaltirish yo‘lida munosib hissa qo‘shib boradi.

Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka, mas’uliyatli va sharafli mehnat faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Farrux Samadov,
“Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish