Asosiy > Yangiliklar > MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — MEHNATGA E’TIROF

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — MEHNATGA E’TIROF

Vatan ozodligi — xalqning kuch-qudrati, birligi va farovonligining mustahkam asosi. Mustaqillik — ajdodlar orzusi, bugungi kun iftixori, kelajak avlod uchun buyuk meros. Joriy yilda keng tantana qilinayotgan shonli sana — mustaqilligimizning 35 yilligi har bir vatandoshimizni ruhlantirayotgani haqiqat. Har yili bayram arafasida yurtimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shish yo‘lida fidokorona mehna qilgan bir guruh vatandoshlarimizning mehnati yuksak e’tirof etiladi.

Joriy yilgi shonli sana munosabati bilan esa mamlakat iqtisodiy qudratini oshirish, tadbirkorlik va xususiy sektorni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini ta’minlash, islohotlar samaradorligini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash hamda O‘zbekistonning xalqaro obro‘-e’tiborini yuksaltirishga hissa qo‘shayotgan fuqarolar Prezidentimizning 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

Quvonarlisi, ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganlar orasida “Navoiyazot” AJning bir guruh rahbar va xodimlari ham bor. Ularning ko‘p yillik samarali mehnati, kasbiga sadoqati, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, korxona taraqqiyoti va mamlakatimiz sanoat salohiyatini yuksaltirishga qo‘shayotgan munosib hissasi ana shunday e’tirof bilan munosib baholandi.
“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanish — nafaqat har bir xodim uchun yuksak sharaf, balki butun jamoa uchun ham katta g‘urur va iftixordir. Bu e’tirof korxona jamoasini yangi marralar sari ruhlantirib, zimmasidagi vazifalarni yanada katta mas’uliyat va fidoyilik bilan bajarishga undaydi.

Barcha taqdirlanganlarni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish