Asosiy > Yangiliklar > "Navoiyazot" AJ 2025-yilning 11-mart kuni sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan ko‘rilgan choralar to‘g‘risida ma’lumot beradi.

"Navoiyazot" AJ 2025-yilning 11-mart kuni sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan ko‘rilgan choralar to‘g‘risida ma’lumot beradi.

2025-yilning 11-mart kuni "Navoiyazot" aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish maydonida sexlararo quvur orqali texnologik gaz sizib chiqishi bilan bog‘liq avariya yuz berdi. Mazkur voqea yuzasidan rasmiy axborot jamiyatning rasmiy veb-saytida, Telegram kanalida, shuningdek Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilindi.

Gaz va havo aralashmasining hosil bo‘lishi va uning yonib ketishi natijasida azot kislotasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 25-son sex laboratoriyasida yong‘in kelib chiqdi.

Natijada 11 nafar xodim turli darajadagi tan jarohatlarini oldi. Shundan 2 nafari halok bo‘ldi. "Navoiyazot" AJ rahbariyati vafot etgan xodimlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.

Yuz bergan avariya yuzasidan ichki xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, Sanoat, radiatsiya va yadroviy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan komissiya tomonidan tergov ishlari amalga oshirildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, yong‘in kelib chiqishiga navbat boshliqlarining yangi o‘rnatilgan gaz kommunikatsiyalari va texnologik boshqaruv sxemalari bilan yetarlicha tanishtirilmaganligi asosiy sabab bo‘lgani aniqlandi.

Bundan kelib chiqib, korxonada bunday holatlarning oldini olish maqsadida 2025-yil 7-may kuni 848-sonli buyruq qabul qilindi. Ushbu buyruqda ishlab chiqarish xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan quyidagi kompleks chora-tadbirlar belgilandi:

– Hodisa sabab va sharoitlarini tahlil qilish hamda barcha xodimlarning shaxsiy yo‘riqnomalar kartalariga tegishli yozuvlarni kiritish;

– 909, 912, 916, 10, 49 va “Ammiak-3” sexlari texnologik xodimlari uchun Sanoat, radiatsiya va yadroviy xavfsizlik qo‘mitasining hududiy organi vakili ishtirokida navbatdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlari va bilimlarni tekshirish ishlarini o‘tkazish hamda tegishli akt rasmiylashtirish;

– Sintez-gazdan foydalanuvchi barcha sexlar rahbarlari va muhandis-texnik xodimlari uchun hududiy organ vakili ishtirokida qo‘shimcha o‘quv mashg‘ulotlari va bilimlarini baholash ishlarini amalga oshirish;

– Texnologik quvurlardagi yopuvchi va boshqaruv armaturasining «Ochiq» yoki «Yopiq» holatlarini ko‘rsatuvchi maxsus belgilar bilan jihozlanganligini tekshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va boshqa choralar.

"Navoiyazot" AJ ichki nazorat choralarini kuchaytirish va mavjud sanoat xavfsizligi tartib-taomillarining samaradorligini oshirish zarurligini to‘liq anglaydi.

Kelgusida shunga o‘xshash hodisalarning oldini olish maqsadida korxona xavfsizlik choralariga rioya etilishini nazorat qilishni kuchaytirish hamda yo‘riqnomalar tizimini takomillashtirish, yangi texnik yechimlarni joriy etish ustidan nazoratni kuchaytirish va belgilangan reglamentlarga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

 

13.06.2025 y.

So`ngi yangiliklar

...

KORXONA MUTASADDILARI VA YОSHLAR EKOLOGIK TADBIRDA...

09.04.2026
...

XODIMLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGI OSHIRILDI

09.04.2026
...

KORXONA MAHSULOTLARI XALQARO SANOAT KO‘RGAZMASIDA

09.04.2026
...

Nazarov G‘afur Botirovich “Navoiyazot” AJ Komplaye...

09.04.2026
...

MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

07.04.2026
...

XODIMLAR MALAKASI OSHIRILMOQDA

07.04.2026
...

KORXONA XODIMLARI MAROQLI HORDIQ OLISHDI

06.04.2026
...

SUN’IY INTELLEKT ORQALI NAZORAT QILADIGAN TIZIM O‘...

03.04.2026
...

MULOQOT MUHIM VAZIFALARNI BELGILASH VA MUAMMOLAR Y...

02.04.2026
...

TIBBIYOT XODIMLARINING SHOSHILINCH VAZIYATLARDAGI...

31.03.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish