Asosiy > Yangiliklar > “NAVOIYAZOT” AJNING 2025-YIL UCHUN BARQAROR RIVOJLANISH HISOBOTI JAMOATCHILIK E'TIBORIGA HAVOLA ETILDI

“NAVOIYAZOT” AJNING 2025-YIL UCHUN BARQAROR RIVOJLANISH HISOBOTI JAMOATCHILIK E'TIBORIGA HAVOLA ETILDI

“Navoiyazot” AJ tomonidan korporativ boshqaruvning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, investorlar, hamkorlar hamda boshqa manfaatdor tomonlarni jamiyatning barqaror rivojlanish sohasidagi faoliyati to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida 2025-yil uchun Barqaror rivojlanish hisoboti jamoatchilikka oshkor etildi.

Mazkur hisobot O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-maydagi 221-son qarori talablariga muvofiq hamda IFRS S2 “Climate-related Disclosures” xalqaro standarti asosida tayyorlandi. Hisobotning ushbu standart asosida ishlab chiqilishi korxonada iqlim bilan bog‘liq xavf va imkoniyatlarni aniqlash, baholash hamda ular bo‘yicha axborotni xalqaro talablarga muvofiq oshkor etish amaliyoti bosqichma-bosqich joriy etilayotganini aks ettiradi.

Hisobotda korxonaning ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) yo‘nalishlaridagi faoliyati, iqlim bilan bog‘liq xatar va imkoniyatlarni boshqarish, energiya va resurslardan samarali foydalanish, issiqxona gazlari chiqindilarini boshqarish, mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish hamda manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yoritilgan.

Shuningdek, hisobotda korxonaning barqaror rivojlanish strategiyasi, korporativ boshqaruv tizimining ESG tamoyillari bilan uyg‘unligi, iqlim bilan bog‘liq xavflarni boshqarish mexanizmlari hamda uzoq muddatli barqaror qiymat yaratishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlari batafsil bayon etilgan.

2025-yil uchun barqaror rivojlanish hisobotining jamoatchilikka oshkor etilishi “Navoiyazot” AJning xalqaro hisobot berish amaliyotini izchil joriy etish, manfaatdor tomonlar uchun axborotlarning ochiqligi va ishonchliligini ta’minlash, shuningdek, ESG tamoyillarini korporativ boshqaruv tizimiga integratsiya qilish borasidagi sa’y-harakatlarining navbatdagi muhim natijasidir.

“Navoiyazot” AJning 2025-yil uchun barqaror rivojlanish hisoboti bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin:
https://www.navoiyazot.uz/uz/menu-331/esg-hisoboti

So`ngi yangiliklar

...

MUSTAQILLIK BAYRAMIGA MUNOSIB TUHFA

07.08.2026
...

ZAMONAVIY BILIMGA EGA MUTAXASSISLAR KORXONA RAVNAQ...

07.08.2026
...

KASBIY MAHORAT VA TAJRIBA OSHIRISH IMKONI

05.08.2026
...

XALQARO HAMKORLIKNING YANGI IMKONIYATLARI

04.08.2026
...

KORRUPSIYАGA QARSHI KURASHISH — USTUVOR VAZIFA

04.08.2026
...

XALQARO TAJRIBA — SIFAT VA SAMARADORLIK GAROVI

04.08.2026
...

SAYYOR QАBUL — ISH SAMARADORLIGI KAFOLATI

03.08.2026
...

SAMIMIY MULOQOT — MANFAATLI HAMKORLIK ASOSI

31.07.2026
...

RAHBAR VA YОSHLAR: TAKLIF, TASHABBUSLAR MARKAZIDAG...

30.07.2026
...

DOLZARB MAVZULAR MUHOKAMASI XUSHYORLIKNI OSHIRDI

29.07.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish