Asosiy > Yangiliklar > “NAVOIYAZOT” AKSIYADORLIK JAMIYATI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!

“NAVOIYAZOT” AKSIYADORLIK JAMIYATI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!

“Navoiyazot”AJ boshqaruv organi o‘z aksiyadorlariga aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini 2026-yil 9-aprel kuni soat 10:00da Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 38-uy, “O‘zkimyosanoat”AJ ma’muriy binosida quyidagi kun tartibi bo‘yicha o‘tkazilishini ma’lum qiladi:
1. Yig‘ilish raisi va kotibini saylash.
2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
3. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
4. “Navoiyazot” AJning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
5. “Navoiyazot” АЖ Ustavining yangi tahriri hamda Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi nizomga kiritiladigan o‘zgartirishlarni tasdiqlash.
 
Umumiy yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2026-yil 9-aprel kuni 
soat 09:00dan 10:00gacha davom etadi. Umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar ro‘yxati 2026-yil 3-aprel holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestriga asosan tuziladi.
 
Umumiy yig‘ilishda qatnashish uchun aksiyadorlar o‘zi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa - O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Umumiy yig‘ilishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborot(material)lar bilan tanishish uchun quyidagi manzil va telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: Navoiy shahri, 
Navoiy-5, (+99890) 730-44-72
 
“Navoiyazot” AJ Kuzatuv kengashi

 

So`ngi yangiliklar

...

KORXONA MUTASADDILARI VA YОSHLAR EKOLOGIK TADBIRDA...

09.04.2026
...

XODIMLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGI OSHIRILDI

09.04.2026
...

KORXONA MAHSULOTLARI XALQARO SANOAT KO‘RGAZMASIDA

09.04.2026
...

Nazarov G‘afur Botirovich “Navoiyazot” AJ Komplaye...

09.04.2026
...

MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

07.04.2026
...

XODIMLAR MALAKASI OSHIRILMOQDA

07.04.2026
...

KORXONA XODIMLARI MAROQLI HORDIQ OLISHDI

06.04.2026
...

SUN’IY INTELLEKT ORQALI NAZORAT QILADIGAN TIZIM O‘...

03.04.2026
...

MULOQOT MUHIM VAZIFALARNI BELGILASH VA MUAMMOLAR Y...

02.04.2026
...

TIBBIYOT XODIMLARINING SHOSHILINCH VAZIYATLARDAGI...

31.03.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish