- Biz haqimizda
- Korporativ boshqaruv
- Mahsulotlar katalogi
- Hamkorlar
-
Matbuot markazi
-
Yangiliklar
-
Gender tengligi
-
Bizning Faxrimiz
-
Rasm galereyasi
-
Videogalereya
-
“Navoiy kimyogari” gazetasi
-
Izohlar
-
Ommaviy axborot vositalarida nashrlar
-
Davlat ramzlari
-
Elektron hukumat tizimi
- Tadbirlar
-
Davlat dasturlari
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
-
Yangiliklar
- ESG
-
Barqarorlik
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining logistika boʻyicha oʻrinbosari Axmatullo Shononovning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Muhammadali Vafoyevning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish Strategiyasi
-
Ichki me'yoriy hujjatlar
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha asosiy hujjatlar
-
Aloqa kanallari
-
Hisobotlar
-
Monopoliyaga qarshi komplaens xizmati
-
Targ'ibot tadbirlari
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
- Aloqa
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
Asosiy > Yangiliklar > “Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning korxona tashkil topganligining 60 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning korxona tashkil topganligining 60 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi
Aziz hamkasblar, qadrli kimyogarlar!
Mamlakatimiz kimyo sanoatida yetakchi o‘rinni egallaydigan “Navoiyazot”AJda faoliyat yuritish o‘zini shu sohaga bag‘ishlagan mas’uliyatli, shijoatli, mehnatsevar, fidoyi kimyogarlar uchun sharafdir. 8620 nafar ishchi-xodimlar mehnat qilayotgan jamoaning yillar davomida orttirgan tajribasi, bilimi, salohiyati, intiluvchanligi bois bugun korxona barqaror ishlayotgan yirik quvvatlardan biriga aylandi.
So‘nggi yillarda jamiyatimiz ulkan bunyodkorlik maydoniga aylandi. Yangi investitsion loyihalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Korxonaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib bormoqda, xodimlar uchun qulay, zamonaviy, munosib mehnat sharoitlari yaratilyapti. Bularning barchasi mamlakatimizda kimyo sanoati rivojiga qaratilgan e’tiborning amaldagi ifodasidir.
Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, korxonadagi ishlab chiqarish va sexlar tomonidan 2020-yilda 59 turdagi mahsulot tayyorlangan bo‘lsa, joriy yilga kelib bu ko‘rsatkich 80 turdan ortiqni tashkil etmoqda. 2020-yilda yillik daromad 2,1 trillion so‘m miqdorida qayd etilgan. Joriy yil yakuni bilan esa 5,9 trillion so‘mga yetishi kutilmoqda. 2024-yil davomida mahsulot tannarxini 826,5 mlrd. so‘mga kamaytirish rejalashtirilgan. Ishlab chiqarish hajmining 108%ga oshishi katta, ahil jamoaning samarali mehnati mahsulidir.
Bugungi kunda ammiak, karbamid, polivinilxlorid, selitra, natriy sianid, ammoniy sulfat singari mahsulotlarimizga bo‘lgan talab yuqori. Eksport imkoniyatlari ham yildan-yilga kengayib bormoqda. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat ichki bozorda, balki jahonda ham xaridorgir bo‘lib ulgurdi. 2024-yilgi eksport hajmi 103 mln. dollarni tashkil etganining o‘ziyoq fikrimni tasdiqlaydi.
Jamiyatda yoqilg‘i energetika resurslaridan samarali foydalanish borasida ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 134,3 mln m3 tabiiy gaz, 81,5 mln. kilovatt elektr energiyasini iqtisod qilishga erishildi. Bu o‘z navbatida iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilash imkonini berdi.
Xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash borasidagi loyihalar ham diqqatga sazovor. Natijada 22 ta loyihani amalga oshirishga 5,3 mlrd. dollar mablag‘ yo‘naltiriladi. Chuqur qayta ishlash orqali tabiiy gazdan chiqariladigan mahsulotlar ulushi 5 tadan 17 taga ortadi. Eksport imkoniyatlarini esa qariyb 3 barobarga oshirish kutilmoqda. Bu esa 422 mln. dollar mablag‘ o‘zlashtiriladi degani.
“Navoiyazot”AJ tomonidan mahalliylashtirish va importni qisqartirish borasida ham salmoqli natijalarga erishildi. Mahalliy korxonalar va tadbirkorlik sub’ektlari bilan kooperatsiya aloqalarining samarali yo‘lga qo‘yilgani importni qisqartirib, 18,1 mln. dollarlik zarur ehtiyot qismlar va materiallarni xarid qilish imkonini berdi. Korxonaning yillik import hajmi 30 mln. dollarni tashkil etadi. Amalga oshirilayotgan sa’yi-harakatlar samarasi o‘laroq, bu ko‘rsatkichni 60%ga kamaytirish rejalashtirilgan.
Oldimizda hali vazifalar ko‘p. Maqsadimiz aniq. Korxonamiz iqtisodiy rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidan dadil odimlamoqda. Bu yo‘lda imkoniyat, istak, qat’iyat yetarli. Mehnatkash jamoamiz, tajribali xodimlarimiz, malakali mutaxassislarimiz bilan birga katta mashaqqatli, biroq sharafli yo‘lga chiqqanimiz ayni haqiqat. Ishonamanki, marraga albatta yetamiz.
Shu fursatdan foydalanib, korxona xodimlari, mehnat faxriylari, kimyo sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha kasb fidoyilarini yubiley bilan chin qalbdan muborakbod etaman.
Har biringizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va farovonlik, mehnat faoliyatini amalga oshirishda kuch-quvvat, g‘ayrat tilayman.
Yurtimiz osmoni hamisha musaffo, dasturxonlarimiz to‘kin, farzandlarimiz baxtiyor bo‘lsin, kimyogarlarimizning soha rivojiga qaratilgan har bir tashabbusi xayrli bo‘lishiga tilakdoshman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
So`ngi yangiliklar
XODIMLAR SALOMATLIGI MUHOFAZASI YO‘LIDA
03.11.2025
NAZORAT AUDITI SAMARALI BOSHQARUV OMILI
03.11.2025
“YIL AYOLI” TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHI O‘TKAZILD...
31.10.2025
KIMYOGARLAR DONORLIK AKSIYASIDA ISHTIROK ETISHDI
31.10.2025
SIFAT VA TAJRIBA SAMARADORLIK OMILI
31.10.2025
KORRUPSIYАGA QARSHI KURASH VA HUQUQIY SAVODXONLIKN...
30.10.2025
YАNGI IMKONIYАTLAR YАRMARKALARI — MAHALLIY SANOAT...
30.10.2025
EKOLOGIK XAVFSIZLIK YOʻLIDA
30.10.2025
ZAMONAVIY TENDENSIYАLAR VA KIMYО SANOATI ISTIQBOLI
30.10.2025
KORXONA VAKILLARI XALQARO FORUMDA ISHTIROK ETISHDI
30.10.2025