Asosiy > Yangiliklar > “NAVOIYAZOT”AJ TARIXIDA ILK BOR KORXONANING 2023-YIL UCHUN BARQAROR RIVOJLANISH HISOBOTI E’LON QILINDI.

“NAVOIYAZOT”AJ TARIXIDA ILK BOR KORXONANING 2023-YIL UCHUN BARQAROR RIVOJLANISH HISOBOTI E’LON QILINDI.

Ushbu taqdimot ESG prinsiplari va global hisobot tashabbusi standartlariga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, jamiyatning tabiiy resurslarni uzoq muddatli saqlash, ijtimoiy mas’uliyat va korporativ boshqaruv prinsiplariga rioya qilishga bo‘lgan sadoqatini namoyon etadi.

7 bobdan iborat hisobotda korxonaning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ustuvor rivojlanishga qaratilgan asosiy natijalari yoritilgan bo‘lib, jamiyat faoliyat ko‘rsatadigan mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy jihatlar qamrab olingan.

Energiya manbalaridan samarali foydalanish, chiqindilarni kamaytirish, xodimlar uchun xavfsiz va munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasidagi islohotlarga alohida e’tibor qaratilgan.

Bundan tashqari, hisobot korxonaning mahalliy hamda xorijiy hamkorlar bilan aloqasi haqidagi ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi.

Hozirda 2024-yil uchun ustuvor rivojlanish hisobotini tayyorlash borasida ish olib borilmoqda. Bu o‘z navbatida korxona faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash barobarida, ESG reytingini qo‘lga kiritish orqali “Navoiyazot”AJning kelgusidagi taraqqiyotini kafolatlashda muhim qadam bo‘ladi. 

Korxonaning 2023-yil uchun barqaror rivojlanish hisoboti bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin: 
https://www.navoiyazot.uz/uz/menu-331/esg-hisoboti

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish