Asosiy > Yangiliklar > Qadrli yoshlar, korxonamizning iqtidorli yigit-qizlari!

Qadrli yoshlar, korxonamizning iqtidorli yigit-qizlari!

Yosh bo‘lish har bir yangilikka ochiq bo‘lish, bilimga intilish, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik, faollik demak. Davlat va jamiyat taraqqiyoti mamlakatimizning yetakchi kuchi – yoshlarni tarbiyalash, ularning vatanparvarlik va kasbiy mahoratini oshirish bilan chambarchas bog‘liq.

Bugungi kunda jamiyatimizda 1032 nafar yoshlar faoliyat yuritadi. Ularning nafaqat sohada, balki barcha jabhalarda faolligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Kimyo sohasidagi har bir kashfiyot, yangi texnologiya yoshlik shijoati va ilhomining samarasi, deb bilaman. Sizning bilim va fidoyi mehnatingiz orqali nafaqat korxonamiz, balki butun kimyo sanoati taraqqiyoti yangi bosqichga ko‘tariladi.

Sizning ilm-fan, innovatsiya va texnologiyalarga bo‘lgan e’tiboringiz, ilmiy-tadqiqot ishlariga kirishishingiz korxonamiz va mamlakatimizning taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi. Kasb mas’uliyati, sadoqat bilan mehnat qilishingiz esa hamkasblar uchun  namuna bo‘la oladi.

Aziz yoshlar!

Bayram arafasida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar sarhisobi, yangi vazifa va takliflar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda muhtaram yurtboshimizning yoshlarimizga bo‘lgan e’tibori, g‘amxo‘rligiga o‘zingiz yana bir karra guvoh bo‘ldingiz. 

Ushbu tarixiy uchrashuv kelajak avlod qalbida ona Vatanga daxldorlik hissi, "Yangi O‘zbekiston bunyodkori bo‘laman, yurtim taraqqiyotiga o‘z hissamni qo‘shaman!", degan tuyg‘uni yanada kuchaytirgani, hayotingizga yangicha mazmun olib kirgani tabiiy.

Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan  “Navoiyazot” AJ smena katta ustasi, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Abror Aslonovning  “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangani barchamizni ruhlantirdi va qalbimizga iftixor bag‘ishladi.

Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadov

 

30.06.2025 y.

So`ngi yangiliklar

...

KORXONA MUTASADDILARI VA YОSHLAR EKOLOGIK TADBIRDA...

09.04.2026
...

XODIMLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGI OSHIRILDI

09.04.2026
...

KORXONA MAHSULOTLARI XALQARO SANOAT KO‘RGAZMASIDA

09.04.2026
...

Nazarov G‘afur Botirovich “Navoiyazot” AJ Komplaye...

09.04.2026
...

MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

07.04.2026
...

XODIMLAR MALAKASI OSHIRILMOQDA

07.04.2026
...

KORXONA XODIMLARI MAROQLI HORDIQ OLISHDI

06.04.2026
...

SUN’IY INTELLEKT ORQALI NAZORAT QILADIGAN TIZIM O‘...

03.04.2026
...

MULOQOT MUHIM VAZIFALARNI BELGILASH VA MUAMMOLAR Y...

02.04.2026
...

TIBBIYOT XODIMLARINING SHOSHILINCH VAZIYATLARDAGI...

31.03.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish