Asosiy > Yangiliklar > RASMIY BAYОNOT

RASMIY BAYОNOT

Bugun 19-iyul kuni tonggi vaqtda Navoiy shahri hududini changsimon tutun qopladi. Xuddi shunday holat joriy yilning 13-iyulida ham kuzatilgandi. Aholi orasida bu vaziyat “Navoiyazot”AJ faoliyati bilan bog‘liq degan asossiz va isbotlanmagan fikrlar bor.

Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Korxona tomonidan atmosferani ifloslantiruvchi tashlamalar miqdorining me’yoridan oshmasligini nazorat qilish maqsadida 3, 23, 25-sexlarga 3 dona avtomatik gazоanalizator, jamiyatga qarashli sanatoriy-profilaktoriy hamda boshqarma hududiga 2 dona statsionar postlar o‘rnatildi va bunga "Navoiyazot" AJning  o‘z mablag‘lari hisobidan 6 milliard 186 million so‘m mablag‘ sarflandi. Shuningdek, atmosferaga manbalardan tashlanuvchi tashlamalarni tutib qolish maqsadida 3-sex donadorlash minorasiga 1 dona skrubber, 23-sex donadorlash minorasiga 4 dona skrubberlar o‘rnatildi.  

Korxona hududi va atrofini nazorat qilish maqsadida 500 tadan ortiq zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Yer sathidan 120 metr balandlikdagi 10-15 km masofadagi jarayonni yaqqol ko‘rish imkoniyatini beruvchi kamera tasvirlaridan ko‘rish mumkin-ki, bugun va 13-iyul sanasida atmosferaning ifloslanishiga sabab bo‘lgan holat korxonaga taalluqli emas.

G‘arbiy hududdan (Navoiy xalqaro aeroporti tomondan) havoga ko‘tarilgan changsimon tutun shamol yo‘nalishi bo‘ylab korxona usti va atrofidan o‘tib keyin butun shaharga tarqalgan. 

Shundan kelib chiqib, fuqarolardan atrof-muhitning ifloslanishida korxonani ayblab, uning nufuziga salbiy ta’sir etadigan va asoslanmagan ayblovlarni qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz.

 

19.07.2025 y.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish