Asosiy > Yangiliklar > RASMIY BAYONOT

RASMIY BAYONOT

Bugun 21-iyul kuni tonggi vaqtda Navoiy shahri va uning atrofidagi hududlarda yana changsimon tutun kuzatildi.

Avval xabar berganimizdek, ko‘plab muhokamalar va noroziliklarga sabab bo‘layotgan holatni o‘rganish maqsadida korxona mutaxassislari O‘zbekiston ekologik partiyasi viloyat Kengashi mutasaddilari bilan vaziyatning asl sababini o‘rganishga kirishgandi. 

Ushbu holatning “Navoiyazot”AJ faoliyati bilan bog‘liq emasligini isbotlash maqsadida korxonaning ammiakli selitra ishlab chiqarish sexi hududiga zudlik bilan qo‘shimcha kuzatuv kamerasi o‘rnatildi.

Yozib olingan tasvirlardan changsimon tutun sobiq Navoiy elektrokimyo zavodi o‘rnida qurilgan korxonalardan chiqayotganini yaqqol ko‘rish mumkin. 

Videoda jarayon to‘liq aks etgan.

Bugungi kunda korxona tomonidan ekologik xavfsizlik masalasiga birinchi galdagi ustuvor vazifa sifatida qaraladi va atmosferaga chiqariladigan tashlamalar miqdorini keskin kamaytirishga yo‘naltirilgan aniq, muddatli chora-tadbirlar belgilanib, ular asosida bosqichma-bosqich ish olib borilmoqda.

Shundan kelib chiqib “Navoiyazot”AJning atmosferani ifloslantirayotgan changsimon tutunga hech qanday aloqasi yo‘qligini yana bir bor ma’lum qilamiz.

 

21.07.2025 y.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish