Asosiy > Yangiliklar > RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Navoiy viloyati ekologiya boshqarmasi tomonidan bugungi holat yuzasidan bildirilgan rasmiy munosabat boʻyicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Ma’lumotda korxonaga qarashli sanitar laboratoriya xodimlari bilan hamkorlikda tahlil oʻtkazilgani aytilgan. Aslida esa oʻrganish ishlaridan jamiyat vakillari xabardor etilmagan. Shuningdek, atmosfera tarkibida ammiak 1,4 barobar hamda vodorod sulfidining 16,8 barobar meʼyordan yuqoriligi aniqlanganligi qayd etilgan.

Aslida ammiak ham, vodorod sulfidi ham rangsiz, gazsimon modda boʻlib, koʻzga koʻrinmaydi, Navoiy shahrini changsimon tutun qoplaganini esa aholi koʻrib, guvohiga aylandi.

19-iyul kuni soat 7:30-8:00 oraligʻida korxona mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv natijasida havo tarkibida ammiak mavjud emasligi aniqlangan. Jamiyatga qarashli tiomochevina sexi joriy yilning fevral oyidan buyon faoliyat yuritmayapti. Demak, atmosferaga vodorod sulfidi chiqqanligi haqidagi ma’lumot mutlaqo asossiz. 

Uglerod ikki oksidi esa koʻmirning chala yonishi natijasida hosil boʻladi, “Navoiyazot”AJ mahsulot ishlab chiqarishda koʻmirdan umuman foydalanmaydi.

Eslatib oʻtamiz, havoni ifloslantiruvchi omillarni bartaraf etishdan korxona ham manfaatdor. Shu bois viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari bu vaziyatda yolgʻon ma’lumotlar bilan “Navoiyazot”AJni asossiz ayblamasdan holatning asl sababchilarini aniqlab, ularga nisbatan tegishli choralarni koʻrishsa maqsadga muvofiq boʻlardi.

 

19.07.2025 y.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish