Asosiy > Yangiliklar > RUHIY IJTIMOIY MUHITNI TA'MINLASH YO‘LIDA

RUHIY IJTIMOIY MUHITNI TA'MINLASH YO‘LIDA

Bugungi globallashuv va tezkor rivojlanish davrida har qanday korxona yoki tashkilotning muvaffaqiyati nafaqat texnik imkoniyat, moliyaviy resurslar, balki inson omiliga ham bevosita bog‘liq. Ayniqsa xodimlarning ruhiy hamda ijtimoiy holati, ishga bo‘lgan munosabati, jamoadagi muhit samaradorlikning muhim omillaridan biridir. 
Mehnat faoliyatida stress, ortiqcha yuklama, bosim, nizo va tushunmovchiliklar uchrab turadi. Ular o‘z vaqtida bartaraf etilmasa,  ruhiy holat ish unumdorligiga salbiy ta’sir etib, sog‘lik bilan bog‘liq muammolarga ham olib kelishi mumkin. 

“Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi tashabbusi bilan “Keling, sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik!” mavzusida 2 kunlik tadbir boshlandi.

Tadbir doirasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinida “Navoiyazot” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Ammofos-Maxam” AJ, “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ, “Fargʻonaazot” AJ, “Maxam-Chirchiq” AJ, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ jamoalari bellashdi. 

Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslar yakunida gʻolib va sovrindorlar nomi ma’lum boʻldi. 3-oʻrin “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ jamoasiga nasib etdi va ularga 6 million soʻmlik vaucher topshirildi. 2-oʻringa “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ xodimlari sazovor boʻlishdi hamda 8 million soʻm pul mukofotini qoʻlga kiritishdi.1-oʻrinni “Navoiyazot” AJ bilimdonlari egallashdi va 10 million soʻm sovrindoriga aylandilar. Gʻoliblarga Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi kubogi ham topshirildi. “Zakovat” intellektual oʻyinida ishtirok etgan jamoalarga tashkilotchilarning sovgʻalari berildi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish