Asosiy > Yangiliklar > SAYYOR QАBUL — ISH SAMARADORLIGI KAFOLATI

SAYYOR QАBUL — ISH SAMARADORLIGI KAFOLATI

Korxona boshqaruvi raisi Farrux Samadov jamiyatning 30, 33, 52, 81 va 68-sexlari xodimlari bilan uchrashdi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda mehnat faoliyatiga oid bir qator masalalar muhokama etildi. Shuningdek, sexlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’mirlash ishlarini olib borish, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Tadbir ishtirokchilariga jamiyatda amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot  berildi. Jumladan, sun’iy intellekt va masofaviy boshqaruv tizimlarining integratsiyasi, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi, xalqaro tajribaning korxona rivojidagi o‘rni, laborator tahlillarning aniqligi, jahon standarti talablariga javob berishiga erishish yo‘lidagi galdagi vazifalar haqida  so‘z yuritildi.

Uchrashuvda xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi. Bildirilgan takliflarni o‘rganish borasida mas’ullarga tegishli vazifalar topshirildi. Mutaxassislar ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan e‘tibor va salomatliklarini tiklash maqsadida yaratilgan sharoitlar uchun korxona rahbariyatiga minnatdorlik bildirdilar.

So`ngi yangiliklar

...

MALAKALI MUTAXASSISLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM E...

08.09.2026
...

YAYLOV QISHLOG‘IDA ZAMONAVIY MAKTAB FILIALI FOYDAL...

07.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA MULOQOT TASHKIL ETILDI

03.09.2026
...

MUSTAQILLIK — ULUG‘ NE’MAT

02.09.2026
...

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — MEHNATGA E’TIROF

27.08.2026
...

IFTIXOR HISSI VA E’TIROFDAN MAMNUNLIK

26.08.2026
...

BAYRAM OSHI TAYYORLANMOQDA

26.08.2026
...

AHIL JAMOADA BAYRAM SHUKUHI

26.08.2026
...

KATTA JAMOADA ISTIQLOL NE’MATLARI SHUKRONASI

26.08.2026
...

OZOD VA OBOD VATAN — ENG ULUG‘ NE’MAT

26.08.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish