Asosiy > Yangiliklar > SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

Korxona boshqaruvi raisi Farrux Samadov jamiyatning 36 va 37-sexlari xodimlari bilan uchrashdi. Muloqotda transport va temiryo‘l xizmati ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirayotgan mutaxassislarning savol hamda murojaatlari tinglandi.  Mehnatga haq to‘lash, ish stajini tiklash, sifat, iqtisodiy samaradorlik kabi masalalar tadbir ishtirokchilarining diqqati markazida bo‘ldi. 

Soha vakillari uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish, bino va inshootlarni ta’mirlash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash yo‘nalishida korxonada olib borilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.

Avtotransport sexidagi maxsus texnikalarni yangisiga almashtirish, ma’nan eskirganlaridan foydalanmaslik, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish lozimligi ta’kidlandi.  Sayyor qabul dolzarb masalalar yechimiga qaratilgani, taklif va mulohazalar uchun ochiq muloqot maydoniga aylangani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish