Asosiy > Yangiliklar > TEZKORLIK VA XAVFSIZLIK SINOVI

TEZKORLIK VA XAVFSIZLIK SINOVI

Korxonaning 918-sexida maxsus taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Ammiak sizib chiqishi holati yuz berganda xodimlarning tezkor harakati, o‘z vaqtida sohaviy xizmatlar vakillarini xabardor etishiga e’tibor qaratildi. 

Mashq davomida shartli ravishda yuzaga kelgan favqulodda holatda xodimlarning to‘g‘ri va muvofiqlashgan harakatlari sinovdan o‘tkazildi. Jumladan, avariya joyini zudlik bilan cheklash, zararli modda tarqalishining oldini olish, shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda xavfsiz hududga evakuatsiya qilish ishlari amaliy tarzda bajarildi.

Shuningdek, maxsus xizmatlar bilan hamkorlikni ta’minlash, axborot almashinuvini tezkor yo‘lga qo‘yish va vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rildi. Bunday amaliy sa’y-harakatlar ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlash, favqulodda holatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish va xodimlarning mas’uliyatini kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish