Asosiy > Yangiliklar > XALQARO STANDARTLAR TALABI DARAJASIDAGI FAOLIYАT TARAQQIYОT KAFOLATI

XALQARO STANDARTLAR TALABI DARAJASIDAGI FAOLIYАT TARAQQIYОT KAFOLATI

2026-yilning 21–24-iyul kunlari korxonaning o‘quv markazida ISO 37001:2025 «Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimlari — Talablar va qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar» xalqaro standarti talablarini joriy etish va samarali qo‘llashga bag‘ishlangan o‘quv kursi tashkil etildi.

Jarayonda tinglovchilarga mazkur xalqaro standartning asosiy tamoyillari, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash, poraxo‘rlikning oldini olishga qaratilgan ichki nazorat mexanizmlarini joriy etish, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, korrupsiyaga qarshi siyosat va tartib-taomillarni ishlab chiqish hamda tashkilotda halollik va ochiqlik madaniyatini shakllantirish masalalari yuzasidan nazariy bilimlar berildi.

Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida ISO 37001:2025 standartining yangi talablari, korrupsiyaga qarshi komplaens tizimini takomillashtirish, ichki audit jarayonlarini samarali tashkil etish, xavflarni monitoring qilish va doimiy takomillashtirish mexanizmlari bo‘yicha amaliy keyslar asosida muhokamalar o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv kursi xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, xalqaro standartlar talablarini amaliyotga samarali tatbiq etish hamda korxonada shaffoflik, hisobdorlik va halollik tamoyillarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish