Asosiy > Yangiliklar > XALQARO TAJRIBA — SIFAT VA SAMARADORLIK GAROVI

XALQARO TAJRIBA — SIFAT VA SAMARADORLIK GAROVI

Yurtimizda kimyo sanoati rivojiga qaratilgan e’tibor nafaqat mahalliy mutaxassislarning xorijda tajriba oshirishi uchun imkon yaratmoqda, balki dunyoning yetakchi kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan kimyogarlar bilan yaqindan hamkorlik qilish orqali ishlab chiqarilayotgan kimyoviy mahsulotlarning sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilyapti.  

Qatar, Saudiya Arabistoni va Filippinda kimyo hamda neft-kimyo sanoatida sifat nazorati sohasida 10 yillik tajribaga ega yuqori malakali mutaxassis Joel D. Paranyal “Navoiyazot” AJning PVX, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasida o‘z mehnat faoliyatini boshladi.

Mutaxassis Qatar Petrochemical Company (QAPCO), SABIC Technology Center, Philippine Resins Industries va National Petrochemical Company (NPC) kabi yirik neft-kimyo korxonalarida faoliyat yuritib, PVX ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot sifatini ta’minlashda laboratoriya nazorati va zamonaviy analitik uskunalardan foydalanish bo‘yicha boy amaliy tajriba to‘plagan.

Xalqaro darajadagi bilim va yuqori malakaning “Navoiyazot” AJda joriy etilishi majmuadagi mahsulotlar sifatini xalqaro talablar darajasida ta’minlash, laboratoriya sinovlarining aniqligi va ishonchliligini yanada oshirish, sifat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda mahalliy mutaxassislar bilan o‘zaro tajriba almashish, yosh kimyogarlarning malakasi ustida ishlashda muhim o‘rin tutadi.

So`ngi yangiliklar

...

G‘OLIB VA SOVRINDORLAR TAQDIRLANDI

21.08.2026
...

MALAKALI MUTAXASSISLARNI SARALASH JARAYONI

21.08.2026
...

«NAVOIYAZOT» AJ VA «NAVOIYURAN» DK: SANOAT KOOPERA...

21.08.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI: INNOVA...

20.08.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA IFTIXOR IFODASI

20.08.2026
...

NAZARIYА VA AMALIYОT UYG‘UNLIGI — ISH SAMARADORLIG...

20.08.2026
...

”MUSTAQILLIK KUBOGI” : AYOLLAR ORASIDA VOLEYBOL BO...

19.08.2026
...

Korxona xodimi sovrindor bo‘ldi

19.08.2026
...

TARG‘IBOT TADBIRI TASHKIL ETILDI

14.08.2026
...

MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASH — MUHIM VAZIFA

14.08.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish