Asosiy > Yangiliklar > XODIMLAR BILAN YАQIN MULOQOT YUQORI ISH UNUMDORLIGI KAFOLATI

XODIMLAR BILAN YАQIN MULOQOT YUQORI ISH UNUMDORLIGI KAFOLATI

Korxonaning Ammiak ishlab chiqarishi 3-navbati faollar zalida jamiyat boshqaruvi raisi Farrux Samadovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda mehnat qonunchiligi talablari, yangi ish o‘rinlari, mehnat faoliyatini boshqa sexda davom ettirish tartibiga oid bir qator murojaatlar tinglandi. Shuningdek, sexlardagi moddiy-texnik baza, ta’mirlash ishlarining qay darajada amalga oshirilayotganligi, ish unumdorligini yanada yaxshilashga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarning natijadorligiga e’tibor qaratildi.

Sayyor qabulda bildirilgan har bir murojaat va taklif atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni amalda hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar yuzasidan esa jamiyatdagi tartib va qonunchilik talablari asosida tushuntirish ishlari olib borildi. Muloqot chog‘ida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish birinchi darajadagi ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi. Bu yo‘nalishda sex boshliqlarining mas’uliyati yuqoriligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida bildirilgan murojaatlarning ijrosini nazoratga olish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha mas’ul rahbarlarga ko‘rsatmalar berildi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish