Asosiy > Yangiliklar > XORIJLIK MUTAXASSISLAR YANGI LOYIHANI O‘RGANISHDI

XORIJLIK MUTAXASSISLAR YANGI LOYIHANI O‘RGANISHDI

Korxonada investitsiya dasturi doirasida Germaniyaning “Linde” kompaniyasi bilan hamkorlikda havoni taqsimlash uchkunasini barpo etish rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 66 mln. dollar bo‘lib, yiliga 200 mln. m3 kislorod hamda 224 mln. m3 azot ishlab chiqarish kutilmoqda. 2027-yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan quvvat 50 ta yangi ish o‘rnini tashkil etish imkonini ham beradi. 

Shu munosabat bilan TOO “Ensor management consultants” kompaniyasi mutaxassislari, shuningdek, Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki vakillari “Navoiyazot”AJda bo‘lishdi.

Xorijlik mutaxassislar loyiha barpo etilishi kutilayotgan hududni o‘rganishdi. Uskunaning ekologik xavfsizligi, atrof-muhitga ziyon yetkazmasligi, texnik jihatdan zamon talabiga qay darajada javob berishi, shuningdek loyihada mehnat muhofazasini ta’minlash masalasiga qaratilgan e’tibor tahlil etildi. 

O‘rganishlar natijasi loyihani moliyalashtirish, uskunani jahon standartlari talabi darajasida barpo etishga xizmat qiladi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish