Asosiy > Yangiliklar > YENGIL ATLETIKA BO‘YICHA MUSOBAQA O‘TKAZILDI

YENGIL ATLETIKA BO‘YICHA MUSOBAQA O‘TKAZILDI

Jamiyat kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan korxona xodimlarining jismoniy faolligini oshirish, ular orasida sport turlari ommaviyligini ta’minlash hamda rag‘batlantirish maqsadida yengil atletika bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Korxona xodimlaridan iborat 9 ta jamoa vakillari bahslarda faol qatnashib, jismoniy tayyorgarliklarini namoyon etishdi. 

Qisqa va uzoq masofaga yugurish, turnikda tortinish, arqon tortish, tosh ko’tarish, to’pni to’siqqa tekkizish shartlari kuchlilarni saralashga xizmat qildi. 

054-sex jamoasi  “Eng kuchli jamoa” nominatsiyasini oldi.

Ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasi xodimlari “Eng chaqqon jamoa” bo‘lishdi.

201-sex sharafini himoya qilgan mutaxassislar “Sportchi jamoa” deya e’tirof etildi. 

146-sex ishtirokchilari “Eng mergan jamoa” deb topildi. 

PVX, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi xodimlari  “Eng epchil jamoa” nominatsiyasini band etishdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar rag‘batlantirilib, ularga sovg‘alar topshirildi.

So`ngi yangiliklar

...

“NAVOIYAZOT” AJNING 2025-YIL UCHUN BARQAROR RIVOJL...

02.07.2026
...

KO‘P YILLIK TAJRIBA VA MAS’ULIYAT SAMARASI

01.07.2026
...

E’lon

01.07.2026
...

MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASH SAMARADORLIK K...

26.06.2026
...

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI OʻTKAZILDI

26.06.2026
...

Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi

25.06.2026
...

E’lon

25.06.2026
...

“NAVOIYAZOT”AJNING XALQARO KREDIT REYTINGI YАNGILA...

19.06.2026
...

MUHIM MAVZUDA MULOQOT TASHKIL ETILDI

18.06.2026
...

XALQARO HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH — TARAQQIYOT KAFO...

18.06.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish