Asosiy > Yangiliklar > Yosh kadrlar — asosiy kuch

Yosh kadrlar — asosiy kuch

Ishlab chiqarish korxonalaridaustoz-shogirdan’analarini tizimli yo‘lga qo‘yish sex va tarmoqlarning uzluksiz ishlashini ta’minlab,  malakali muhandis kadrlarga bo‘lgan talabni qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Katta avlod vakillari va yoshlar o‘rtasidagi kasbiy aloqalarni ta’minlash korxonada yoshlar siyosatiga oid belgilangan vazifalarning samarali tashkil etilishi bilan bevosita bog‘liq.  

Bugungi kunda “Navoiyazot” AJ ishchi-xodimlarining qariyb 20 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislardir. Ularning 30 nafardan ortig‘ini rahbar- xodimlar tashkil etadi. Korxonada yoshlarning iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etishga qaratilgan turli sport, intellektual va madaniy tadbirlar doimiy o‘tkazib kelinadi. Har chorakda rahbar va yoshlar uchrashuvlari tashkil qilinib, mazkur muloqotlar davomida yosh kimyogarlarning muammo va takliflari o‘rganilayapti hamda ularning xohish-istaklari yuzasidan  tegishli masalalar joyida hal etilmoqda. Shu bilan birga, “Navoiyazot” AJda yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni zamonaviy texnologiyalar va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida treninglar, seminarlar va master-klasslar tashkil etishga ham alohida ahamiyat qaratilayapti.

Bunday yondashuvlar korxonada ijtimoiy va kasbiy muhitni yaxshilashga, yosh kadrlarning rivojlanishiga va ularning faolligini oshirishga xizmat qilayapti.

So`ngi yangiliklar

...

NOMZODLAR SUHBATDAN O‘TKAZILDI

04.11.2025
...

XODIMLAR SALOMATLIGI MUHOFAZASI YO‘LIDA

03.11.2025
...

NAZORAT AUDITI SAMARALI BOSHQARUV OMILI

03.11.2025
...

“YIL AYOLI” TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHI O‘TKAZILD...

31.10.2025
...

KIMYOGARLAR DONORLIK AKSIYASIDA ISHTIROK ETISHDI

31.10.2025
...

SIFAT VA TAJRIBA SAMARADORLIK OMILI

31.10.2025
...

KORRUPSIYАGA QARSHI KURASH VA HUQUQIY SAVODXONLIKN...

30.10.2025
...

YАNGI IMKONIYАTLAR YАRMARKALARI — MAHALLIY SANOAT...

30.10.2025
...

EKOLOGIK XAVFSIZLIK YOʻLIDA

30.10.2025
...

ZAMONAVIY TENDENSIYАLAR VA KIMYО SANOATI ISTIQBOLI

30.10.2025

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish