Asosiy > Yangiliklar > “YОSHLAR KUNI”DA SAMIMIY MULOQOT TASHKIL ETILDI

“YОSHLAR KUNI”DA SAMIMIY MULOQOT TASHKIL ETILDI

Davlatimiz rahbari tomonidan haftaning har payshanba kunida mutasaddilar bilan yoshlar ishtirokida muloqot tashkil etish tashabbusi ilgari surilgan. Bugun Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev va “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovlar korxonada faoliyat yuritayotgan yigit-qizlar bilan uchrashishdi. 

Tadbirda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masala, muammo va tashabbuslarini erkin bildirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Uchrashuv davomida ish sharoitlarini yanada yaxshilash, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy o‘sishi va sifatli bilim olishiga qaratilgan qator takliflar muhokama etildi, savollarga javob berildi. Shuningdek, korxonada yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ijtimoiy himoya va rag‘batlantirish masalalariga ham e'tibor qaratildi.

Muloqot ishtirokchilarining har bir murojaati rahbarlar tomonidan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar, ayrim masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. Bunday ochiq muloqot yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, taklif, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning davlat, jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish