Asosiy > Yangiliklar > ZAMONAVIY TEZ TIBBIY YОRDAM MASHINASI XARID QILINDI

ZAMONAVIY TEZ TIBBIY YОRDAM MASHINASI XARID QILINDI

Korxona xodimlariga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, shifokor va hamshiralar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida jamiyat tibbiy sanitariya qismining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

2025-yil davomida shifo maskaniga 623 ta chaqiruv amalga oshirilgan. Tashkil etilgan amaliy o‘quv mashg‘ulotlarida 81 marotaba tez tibbiy yordam brigadasining ishtiroki ta’minlangan. 

Shoshilinch vaziyatlarda kimyogarlar salomatligi va hayoti muhofazasi tez tibbiy yordamni o‘z vaqtida ko‘rsatishga bog‘liq. Shu bois jamiyatning tibbiy sanitariya qismi uchun qiymati 750 million so‘m bo‘lgan yangi, zamonaviy transport vositasi xarid qilindi. Barcha qulayliklarga ega tez tibbiy yordam mashinasi bemorlarni manziliga xavfsiz yetkazish va shoshilinch yordamni ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlarga ega. Shuningdek, videoaloqa tizimi bilan ham ta’minlangan.

Kelgusida tibbiy sanitariya qismiga reanimobil keltirish ko‘zda tutilgan. Bu esa korxonada xodimlar salomatligi va hayoti muhofazasi muhim o‘rinda ekanligidan dalolat beradi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish