Asosiy > Yangiliklar > ZAMONAVIY VA DOLZARB LOYIHALAR TAQDIMOTI YUQORI BAHOLANDI

ZAMONAVIY VA DOLZARB LOYIHALAR TAQDIMOTI YUQORI BAHOLANDI

Jamiyatning ishlab chiqarish majmualari va sexlari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Open ChemAI Challange” xakaton tanlovi natijalari ma’lum bo‘ldi.  

Hakamlar hay’ati a’zolarining xulosasiga ko‘ra, 3-o‘rinni “Naryad-ruxsatnoma tizimini yanada takomillashtirish, elektron shaklda joriy etish orqali ma’lumotlarni tizimlashtirish” loyihasi uchun 50-sex xodimlari hamda “ChemSim (Sanoat uchun aqlli simulyatsiya platformasi) intellektual trenajyorlar, raqamli texnologiyalar asosida kimyo sanoatini rivojlantirish” mavzusidagi ishlanmasi bilan 909-sex vakillari egallashdi.

2-o‘rin “23-sonli ammiakli selitra ishlab chiqarish sexi ma’lumotlarini tahlil qilish va prognozlash elementlariga ega bo‘lgan integratsiyalashgan TJAB tizimini yaratish” mavzusidagi taqdimoti uchun 146-sex xodimlariga nasib etdi. 

68-sex jamoasining “Robot manipulyatorni sun’iy intellekt va ML (Machine learning) orqali ishlab chiqarish jarayonlariga integratsiya qilish” loyihasi 1-o‘ringa munosib topildi.   

Tanlov ishtirokchilari jamiyat kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan taqdirlandilar. Faol mutaxassislar “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari xodimlari va yoshlar ishtirokida o‘tkazilishi kutilayotgan forumda korxona sharafini himoya qilish imkonini qo‘lga kiritishdi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish