Asosiy > Yangiliklar > DOLZARB MASALALAR MUHOKAMASIGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI

DOLZARB MASALALAR MUHOKAMASIGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI

Korxonaning faollar zalida ishlab chiqarish majmualari, sex, boshqarma, bo‘lim, xizmat boshliqlari ishtirokida bir qator muhim masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab viloyat statistika boshqarmasi mutaxassisi tomonidan joriy yilning 15-yanvaridan boshlanadigan aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbiri xususida so‘z yuritildi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi, so‘rovnomadagi savollarga javob berishda nimalarga e’tibor qaratish zarurligi,  mazkur jarayonning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati, mutasaddilar oldida turgan muhim vazifalarga e’tibor qaratildi. Mavzuga oid savollarga mutaxassis tomonidan javob berildi.

Yig‘ilish kun tartibidagi navbatdagi masalada jamiyat hududida qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng inshootlar, texnologik jihozlar, uskunalarni ishlatishga qabul qilish jarayonlarini belgilangan tartibda, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash masalasi e'tibor markazida bo‘ldi. 

Shuningdek, “Navoiyazot” AJ xodimlarining o‘z vazifasini bajarishi jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va hal etishga qaratilgan yillik deklaratsiyani to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish