Asosiy > Yangiliklar > EKOLOGIK SAMARA VA BARQAROR SANOAT YO‘LIDAGI TASHABBUS

EKOLOGIK SAMARA VA BARQAROR SANOAT YO‘LIDAGI TASHABBUS

Janubiy Koreyaning bunyodkorlik, energetika, kimyo sanoati, savdo va investitsiya yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat yuritadigan Samsung C&T kompaniyasi vakillari jamiyat mutasaddilari bilan uchrashdilar. Muloqotda mehmonlarga korxona haqida ma’lumot berildi. 

Texnologiya, investitsiya, importni qisqartirish, eksport salohiyatini oshirish, ekologik muhofaza, ilmiy tadqiqotlar uchun imkoniyat yaratish singari bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha muzokaralar olib borildi, hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar ilgari surildi, manfaatli kelishuvlarga erishishga qaratilgan mavzularda o‘zaro fikr almashildi. 

Shuningdek, uchrashuv doirasida korxonadagi 25-sonli nitrat kislotasi sexida hosil bo‘ladigan azot (I) oksidi miqdorini 90 foizgacha kamaytirish loyihasi e’tibor markazida bo‘ldi. Bu yo‘nalishdagi ishlarning natijasi nafaqat korxona, balki butun mintaqaning ekologiyasi va sanoat samaradorligi uchun katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. 

Bunday loyihaning amalga oshishi 2015-yilda qabul qilingan, 2018-yilda O‘zbekiston ham ratifikatsiya qilgan Parij kelishuvida belgilangan atmosferadagi issiqxona gazlari miqdorini kamaytirish orqali global isishni oshirmaslikni ta’minlash majburiyatini bajarishda ham muhim o‘ringa ega. 

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish