Asosiy > Yangiliklar > HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA ETILDI

HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA ETILDI

Bugun “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadov va “Sinoma Energy Conservation” kompaniyasi prezidenti janob Meng Qinlin boshchiligidagi delegatsiya vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Xitoy Xalq Respublikasining yirik sanoat-injiniring kompaniyasi mutasaddilari dastlab korxonadagi ishlab chiqarish majmualari va quvvatlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ishlab chiqarish jarayonini loyihalash, modernizatsiya, ekologik xavfsizlik, vaqt, resurs, mehnat va harajatlarni optimallashtirish masalalariga e’tibor qaratildi. 

Ma'lumki, “Sinoma Energy Conservation” mutaxassislari bilan hamkorlikda Karmana tumanida barpo etilib, dastlabki bosqichi joriy yilning dekabr oyi yakuniga qadar ishga tushishi kutilayotgan 300 MVtli quyosh fotoelektr stansiyasi «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan qayta tiklanadigan energiya manbalarini 25 ming megavattga va mamlakat umumiy iste’molidagi ulushini 40 foizga yetkazish bo‘yicha maqsadlarga erishish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi. 

Mehmonlar korxona mutasaddilari bilan loyiha doirasidagi ishlarning qanday borayotganligi, kutilayotgan natija va samaradorlik xususida oʻzaro fikr almashdilar. Samimiy muloqot energiya tejamkorligi va sanoat injiniringi yoʻnalishlaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlash imkonini beradi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish