Asosiy > Yangiliklar > HUDUDIY TARMOQLARARO SANOAT YАRMARKASI ISH BOSHLADI

HUDUDIY TARMOQLARARO SANOAT YАRMARKASI ISH BOSHLADI

Navoiy shahrida tog‘-kon metallurgiyasi, elektrotexnika, elektrenergetikasi, kimyo sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar ishtirokida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ish boshladi. Ko‘rgazmada “Oʻzkimyosanoat”AJ tarmoq korxonalari vakillari, “Navoiyazot”AJ mutaxassislari ham korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan ishtirok etishmoqda. 

Tadbir yangi mijozlar topish, mahsulot va xizmatlarni targ‘ib qilish, hamkorlik shartnomalari tuzish, brendni mustahkamlash uchun qulay muhit yaratadi. Bu kabi yarmarkalarda turli tarmoqlardagi korxonalar bir-biri bilan tanishib, o‘zaro manfaatli kelishuvlar tuzadi. Xomashyo, butlovchi qismlar va texnologiyalar bo‘yicha mahalliy yetkazib beruvchilar topiladi, importga bog‘liqlik kamayadi. Bu esa iqtisodiy barqarorlikka xizmat qiladi.

11-12-sentabr kunlari boʻlib oʻtadigan tadbirda respublikadagi 230 dan ortiq korxonalar 3000 dan ziyod mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda.

Yarmarka mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasidagi kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash bilan birga kichik biznes subyektlari uchun yangi imkoniyat eshiklarini ochadi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish