Asosiy > Yangiliklar > Hurmatli hamkasblar, aziz kimyogarlar!

Hurmatli hamkasblar, aziz kimyogarlar!

Yangi yilning kirib kelishi barchamizni poyoniga yetgan 2025-yilni sarhisob qilishga undaydi. “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da katta jamoamiz bilan ko‘plab ishlarni amalga oshirdik. Yangi korxonalar ishga tushdi, mahsulot turi oshdi, sifat ustida yanada ko‘proq ishlashga qaratilgan intilish ijobiy samara berdi. Jamiyatimiz nufuzining tobora ortayotganida har bir mutaxassisning hissasi bor. Yil davomida yutuqlardan ruhlandik, muvaffaqiyatlardan mamnun bo‘ldik, kamchiliklardan xulosa chiqardik, tajribamiz yanada oshdi.  Inson hayotida bo‘lgani kabi mehnat faoliyatida ham yo‘qotishlar bo‘ladi. Kechagi kun xulosasi shunchaki saboq emas, yangi yildagi rejalarning yanada puxta bo‘lishi, aniq maqsad sari dadil odimlashga undaydigan omil aslida. 

Bugungi kunda jamoamizda 8600 nafarga yaqin xodim mehnat qiladi. Ularning har biri qaysi lavozim yoki vazifada ishlamasin, katta, maqsadi aniq, hamjihat jamoaning a’zosi. Yangi yildan barchamizning umidlarimiz katta.

Qadrli korxonamiz xodimlari!

Sizlarni va oila a’zolaringizni bayram bilan muborakbod etaman. 2026-yilda ish jarayoni xavfsiz, ertangi kunga ishonch yuqori darajada, daromad kutilganidan ziyoda, yutuqlar bardavom hamda yangi natijalar uchun poydevor bo‘lishini tilayman. Har bir kuningiz ma’no va mazmunga to‘la bo‘lsin. Ishda omad, hayotda muvozanat, uyingizni esa xotirjamlik va halovat tark etmasin. 

Yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Hurmat bilan, Farrux Samadov
“Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish