Asosiy > Yangiliklar > KIMYOGARLARNING TO‘G‘RI OVQATLANISHI MUHIM

KIMYOGARLARNING TO‘G‘RI OVQATLANISHI MUHIM

Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqariladigan korxonalarda mehnat faoliyatini olib boruvchi xodimlar uchun davolash profilaktik ovqatlanish nafaqat sog‘likni muhofaza qilish vositasi, balki ish unumdorligini oshirish, kasalliklarning oldini olish va uzoq muddatli mehnat qobiliyatini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.

“Navoiyazot”AJda mutaxassislarning bu boradagi mehnat huquqlari himoyalangan bo‘lib, ularga oshxonalarda salomatlik uchun foydali bo‘lgan taomlar majmuasi taklif etiladi.

Jamiyat ishchi-xodimlarining sut va sut mahsulotlari, sabzavotli salat, mevalardan tayyorlangan tabiiy sharbatlar, oqsilga boy mahsulotlar, parhezbop taomlarni tanlashi maqsadga muvofiq.  

Korxona xodimlarining yog‘li, qovurilgan ovqatlarni iste’mol qilishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Kimyoviy moddalar ta’siri ostida ishlaydigan mutaxassislarning bunday taomlanishi jigar va buyrakka ortiqcha yuklama tushishi, oshqozon-ichak kasalliklarining kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Yog‘li ovqatlar uyquchanlikni oshiradi, charchoq, asabiylikka olib keladi. Bu esa xodimlarning mehnat faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. 

Unutmang! To‘g‘ri ovqatlanish zararli moddalarning salbiy ta’sirini kamaytirish, immunitetni mustahkamlash, kasb kasalliklarining oldini olish, ish qobiliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish