Asosiy > Yangiliklar > “NAVOIYAZOT” AJ FAOLIYATI XALQARO TADBIRDA E’TIROF ETILDI

“NAVOIYAZOT” AJ FAOLIYATI XALQARO TADBIRDA E’TIROF ETILDI

19-21-noyabr kunlari Toshkent shahrida “Azot Sintezgaz. Oʻzbekiston va MDH” IV xalqaro kongressi va koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. 

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni ragʻbatlantirish, Oʻzbekiston va MDH miqyosida sintez-gaz sanoati uchun kelgusidagi rivojlanish strategiyasini belgilash va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tadbirda “Navoiyazot” AJ vakillari ham ishtirok etishmoqda.

Xalqaro standart va ekologik talablar, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga qaratilgan texnologiyalar bilan yaqindan tanishish, yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni oʻrnatish, eksport imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilayotgan tadbirda “Navoiyazot” AJ “Eng yaxshi innovatsion loyiha” nominatsiyasida gʻolib deb topildi.

Bunday e’tirof xalqaro miqyosda korxona nufuzining tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish