Asosiy > Yangiliklar > “NAVOIYAZOT”AJNING XALQARO KREDIT REYTINGI YАNGILANDI

“NAVOIYAZOT”AJNING XALQARO KREDIT REYTINGI YАNGILANDI

Davlat ulushi mavjud bo'lgan korxonalarning moliyaviy barqarorligi va kredit qobiliyatini baholash tizimiga asosan Government Related Entities (GRE) reyting mezonlarini qo‘llagan holda Fitch Ratings xalqaro kredit reyting agentligi tomonidan 2025-yil 22-oktabr kuni “Navoiyazot”AJga "BB-" kredit reyting darajasi berildi. Jamiyatning mustaqil kredit profili ( Standalone Credit Profile) esa "b-" darajasida baholandi.  

Ushbu natija korxonaning ishonchliligi, moliyaviy va strategik boshqaruv samaradorligini aks ettiradi hamda xalqaro hamkorlar va investorlar ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, jamiyatda yangi investitsion loyihalarini amalga oshirishda xalqaro moliyaviy institutlardan mablag‘ jalb qilish imkoniyatlarini kengaytiradi, bu esa ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va korxonaning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.

Global raqobat kuchaygan, innovatsiyalar jadal joriy etilayotgan va moliyaviy texnologiyalar tez rivojlanayotgan sharoitda ushbu reyting «Navoiyazot»AJning sohadagi o‘rni, korporativ boshqaruv hamda moliyaviy barqarorlik siyosati samaradorligini tasdiqlaydi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish