Asosiy > Yangiliklar > RASMIY BAYОNOT

RASMIY BAYОNOT

So‘nggi kunlarda Navoiy shahri va uning atrofidagi hududlarda yana changsimon tutun kuzatilib, bu holat fuqarolarning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Qayd etish lozim, jamiyat mutaxassislari ishlab chiqarish jarayonida atmosferaga chiqadigan gazlar miqdorining oshib ketmasligini muntazam monitoring qilib borishadi. “Navoiyazot”AJ tomonidan korxona va uning atrofi, shuningdek Navoiy shahri hududida o‘rnatilgan 8 dona gazoanalizatorlar ko‘rsatkichi atrof-muhitni ifloslantiriruvchi zarrachalar (PM2.5) miqdori me’yoridan sezilarli darajada oshganligini ko‘rsatdi. 

Korxonadagi ishlab chiqarish majmualarining bir maromda ishlashini ta’minlash hamda smena asosida faoliyat yuritadigan xodimlarga qulaylik yaratish maqsadida tungi vaqtda avtomatik yoritish tizimi ishga tushadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi videotasvirlarda ayrim fuqarolar tomonidan doimgidek, bir maromda ishlayotgan korxona quvvatlarining changsimon tutun manbai ekanligi haqidagi ayblovlari ko‘zga tashlanmoqda. Jamiyat hududiga o‘rnatilgan videokuzatuv moslamalari orqali har kunlik jarayonlar muntazam qayd etib borilmoqda. Ulardan ko‘rish mumkin-ki, changsimon tutun shamol yo‘nalishi bo‘ylab g‘arbiy tomondan kirib kelib, korxona ustidan o‘tgan holda shahar bo‘ylab tarqalаyapti. Bu esa aholining bunday salbiy holatga “Navoiyazot”AJ aybdor degan xulosaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. 

Sentabr oyi yakuniga qadar “Navoiyazot”AJ tomonidan yana 22 ta gazoanalizatorlar o‘rnatilib, Navoiy shahri va Karmana tumani hududi to‘liq qamrab olinadi va havoni monitoring qilish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, ekologik muhitni muhofaza qilish maqsadida korxonadagi ma’nan eskirgan uskunalar bosqichma-bosqich yangisiga almashtirilmoqda. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Navoiyazot”AJ rahbariyati ekologik muvozanatni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilayotganini ma'lum qiladi va havoni ifloslantirayotgan changsimon tutunni korxona faoliyati bilan bog‘lab talqin qilmaslikni so‘raydi

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish