Asosiy > Yangiliklar > “AVTOMOBILSIZ KUN” AKSIYАSI TASHKIL ETILDI

“AVTOMOBILSIZ KUN” AKSIYАSI TASHKIL ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-mart sanasida qabul qilingan atmosfera havosi sifatini yaxshilash maqsadida “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirishga qaratilgan Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” aksiyasini o‘tkazish belgilangan.

Shundan kelib chiqib, bugun ishga korxona mutasaddilari odatdagidek xizmat avtomashinasida emas, jamoat transportida kelishdi. Haydovchilarga dispecherlar tomonidan xizmat avtoulovlarida harakatlanish uchun yo‘l varaqalari berilmadi, haydovchilarning ish haqi saqlangan holda ular boshqaruvidagi transport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazishga yo‘naltirildi.

Bunday tashabbus sog‘lom turmush tarzini yanada keng targ‘ib etish, tirbandlikni kamaytirish, atmosfera ifloslanishining oldini olish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish