Asosiy > Yangiliklar > KASBIY SALOHIYAT — TANLOVNING ASOSIY MEZONI

KASBIY SALOHIYAT — TANLOVNING ASOSIY MEZONI

    Bugungi kunda ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligi, avvalo, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali kadrlarga bog‘liq. Ayniqsa, nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish kabi mas’uliyatli yo‘nalishlarda ishlaydigan mutaxassisdan chuqur bilim, aniqlik, mas’uliyat va texnik yondashuv talab etiladi.

    Korxonaga malakali mutaxassislarni saralash jarayoni davom etmoqda. Bu gal jamiyatning malakalarni baholash markazida nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish yo‘nalishiga hujjat topshirgan 40 nafar nomzod test sinovidan o‘tkazildi. Mutaxassislikka oid nazariy bilim, kasbiy tayyorgarlik, IQ daraja belgilangan mezonlar asosida baholandi. Nomzodlarga sohaga doir turli savollar taqdim etilib, ularning o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish salohiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

    Ta’kidlash joiz, korxonada ishga qabul qilish jarayonida nomzodlarning bilim va kasbiy kompetensiyalarini xolis baholashga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Test sinovlari esa ana shu maqsad yo‘lidagi muhim va shaffof bosqichlardan biri hisoblanadi. Sinov natijalari belgilangan tartibda tahlil qilinib, zarur bilim va ko‘nikmalarni namoyon etgan nomzodlar saralab olinadi. Keyingi bosqichda ularning amaliy ko‘nikmalari ham baholanib, mehnat shartnmoasini tuzishga munosib ekanligi aniqlanadi.

    Maqsad aniq: bilimli, mas’uliyatli va kasbiy salohiyati yuqori mutaxassislarni tanlash orqali korxonaning malakali kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash.

So`ngi yangiliklar

...

GIYОHVANDLIKDAN HIMOYА: OGOHLIK VA MAS’ULIYАT

24.09.2026
...

KORXONADA XALQARO STANDART JORIY ETILMOQDA

23.09.2026
...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish