Asosiy > Yangiliklar > KORRUPSIYАGA QARSHI KURASHISH — USTUVOR VAZIFA

KORRUPSIYАGA QARSHI KURASHISH — USTUVOR VAZIFA

Korxonaning kuzatuv nazorati va tahlil bo‘limi xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Muloqotda poraxo‘rlikka qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik talablari, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish, mansab vakolatlaridan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanishning oldini olish, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, jamiyatda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash, ichki nazorat mexanizmlarini samarali qo‘llash hamda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyatini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida xodimlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berilib, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va xizmat faoliyatida yuksak kasb etikasi hamda halollik tamoyillariga qat’iy rioya etish har bir xodimning ustuvor vazifasi ekani qayd etildi.

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish