Asosiy > Yangiliklar > MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

Korxona xodimlarining Milliy liboslar kunidagi faol ishtiroki azaliy qadriyatlarimizning bugungi hayotimizda ham barhayot ekanini ko‘rsatuvchi o‘ziga xos ifoda bo‘ldi. Bu gal jamiyatning 36 hamda 37-sexlari xodimlari milliy an’analarga sadoqat, ajdodlardan meros kiyinish nazokati va xalqimizga xos ma’naviy qiyofani namoyon etishga alohida urg‘u berdilar. Atlasu adrasning jilosi, milliy naqshlarning nafosati, liboslardagi ranglar uyg‘unligi kunga o‘zgacha fayz va tarovat bag‘ishladi.

Milliy liboslarda mujassam har bir naqsh, rang va bezakda o‘tmishning sadosi, avlodlarning turmush tarzi, xalqimizning did va dunyoqarashiga guvoh bo‘lish mumkin. Shu ma’noda, bu tashabbus oddiy libos namoyishidan ko‘ra kengroq mazmun kasb etib, milliylikning zamonaviy mehnat muhitidagi o‘ziga xos ifodasiga aylandi. Zero, milliy libos — kechmishdan qolgan yodgorlik emas, avlodlar silsilasini bog‘lab turuvchi ma’naviy rishta, xalq qiyofasining ranglardagi ifodasidir.

Tadbir davomidagi muloqotda oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, farzand tarbiyasida ota-onaning o‘rni, jamoadagi o‘zaro hurmat va ahillikning ish samaradorligiga xizmat qilishi haqida fikr almashildi.

So`ngi yangiliklar

...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026
...

MALAKALI MUTAXASSISLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM E...

08.09.2026
...

YAYLOV QISHLOG‘IDA ZAMONAVIY MAKTAB FILIALI FOYDAL...

07.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish