Asosiy > Yangiliklar > MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — MEHNATGA E’TIROF

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — MEHNATGA E’TIROF

Vatan ozodligi — xalqning kuch-qudrati, birligi va farovonligining mustahkam asosi. Mustaqillik — ajdodlar orzusi, bugungi kun iftixori, kelajak avlod uchun buyuk meros. Joriy yilda keng tantana qilinayotgan shonli sana — mustaqilligimizning 35 yilligi har bir vatandoshimizni ruhlantirayotgani haqiqat. Har yili bayram arafasida yurtimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shish yo‘lida fidokorona mehna qilgan bir guruh vatandoshlarimizning mehnati yuksak e’tirof etiladi.

Joriy yilgi shonli sana munosabati bilan esa mamlakat iqtisodiy qudratini oshirish, tadbirkorlik va xususiy sektorni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini ta’minlash, islohotlar samaradorligini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash hamda O‘zbekistonning xalqaro obro‘-e’tiborini yuksaltirishga hissa qo‘shayotgan fuqarolar Prezidentimizning 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

Quvonarlisi, ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganlar orasida “Navoiyazot” AJning bir guruh rahbar va xodimlari ham bor. Ularning ko‘p yillik samarali mehnati, kasbiga sadoqati, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, korxona taraqqiyoti va mamlakatimiz sanoat salohiyatini yuksaltirishga qo‘shayotgan munosib hissasi ana shunday e’tirof bilan munosib baholandi.
“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanish — nafaqat har bir xodim uchun yuksak sharaf, balki butun jamoa uchun ham katta g‘urur va iftixordir. Bu e’tirof korxona jamoasini yangi marralar sari ruhlantirib, zimmasidagi vazifalarni yanada katta mas’uliyat va fidoyilik bilan bajarishga undaydi.

Barcha taqdirlanganlarni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish