Asosiy > Yangiliklar > SAYYOR QABUL: HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA

SAYYOR QABUL: HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA

Korxona boshqaruvi raisi Farrux Samadov va mutasaddilar ishtirokida jamiyatning Organik sintez va nitron tolasi ishlab chiqarish majmuasiga qarashli sexlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan sayyor qabul tashkil etildi. Samimiy muloqotda soha vakillarining murojaatlari tinglandi.

Tadbir ishtirokchilari moddiy yordam, ijtimoiy himoya, yuqori texnologik tibbiy xizmat ko‘rsatishda amaliy ko‘mak, moliyaviy munosabatlarni tartibga solish, ish stajini tiklashga taalluqli, shu bilan birga mehnat qonunchiligiga oid savollarga batafsil javob olishdi. Korxonaning jamoa shartnomasida belgilangan imkoniyatlar, xodimlarning manfaatlari himoya qilinishi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, jamoada O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini keng tantana qilish, bayram munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlardagi faollik xususida so‘z yuritildi. Muloqot ishtirokchilarining takliflari tinglandi, murojaatlarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish