Asosiy > Yangiliklar > XALQARO HAMKORLIKNING YANGI IMKONIYATLARI

XALQARO HAMKORLIKNING YANGI IMKONIYATLARI

“Navoiyazot” AJ vakillari Hindiston – O‘zbekiston biznes forumida ishtirok etishdi. Nyu-Dehli shahrida o‘tkazilgan ushbu nufuzli tadbir ikki davlat ishbilarmon doiralari, xalqaro tashkilotlar hamda ekspertlarni birlashtiruvchi nufuzli muloqot maydoni hisoblanadi. Forumning asosiy maqsadi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, savdo va investitsiyalarni rivojlantirish, innovatsiyalarni rag‘batlantirishdan iborat.

Forum doirasida sanoat kooperatsiyasi, kimyo sanoati, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda eksport salohiyatini kengaytirish masalalari yuzasidan qator uchrashuv va muhokamalar o‘tkazildi. Korxona vakillari xorijiy kompaniyalar mas’ullari, investorlar va ishbilarmon doira vakillari bilan muzokaralar o‘tkazib, jamiyatning ishlab chiqarish quvvatlari, amalga oshirilayotgan modernizatsiya dasturlari, ekologik barqarorlikka qaratilgan tashabbus hamda investitsion imkoniyatlar haqida ma’lumot berishdi. 

Shuningdek, ikki tomonlama manfaatli uchrashuvlar davomida eksportni kengaytirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalar va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish