Asosiy > Yangiliklar > YONG‘IN XAVFSIZLIGI, FAVQULODDA HOLATLARGA TAYYORGARLIK SINOVDAN O‘TKAZILDI

YONG‘IN XAVFSIZLIGI, FAVQULODDA HOLATLARGA TAYYORGARLIK SINOVDAN O‘TKAZILDI

Korxonada amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Unda xodimlarga zilzila sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish, yong‘inlar kelib chiqishining oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Xodimlarga bunday holatlar kuzatilganda xavfsiz joyga o‘tish, binodan evakuatsiya qilish qoidalari, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda tegishli xizmatlarga zudlik bilan xabar berish tartibi yuzasidan amaliy ko‘nikmalar berildi.

Mashg‘ulot davomida mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish, har bir xodimning favqulodda vaziyatlarga tayyorligini oshirish hamda ehtimoliy xavflarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Bunday amaliy o‘quvlar xodimlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, ish joylarida xavfsiz mehnat muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish