Asosiy > Yangiliklar > YОSHLAR MASALASI E’TIBOR MARKAZIDA

YОSHLAR MASALASI E’TIBOR MARKAZIDA

Bugungi kunda “Navoiyazot” AJda 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar soni 889 nafarni tashkil etadi. Korxonada ularning taklif, tashabbus, innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash e’tibordagi masalalardan biri. “Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida dastlab Prezidentimizning yosh avlod vakillari bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqoti mazmun-mohiyati xususida so‘z yuritildi. Imkoniyat hamda imtiyozlarning yigit-qizlar kelajagi uchun xizmat qilishi ta’kidlandi. 
Uchrashuvda korxona boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda ishlab chiqarish texnologiyalarini yangilash, modernizatsiya qilish, investitsion loyihalarni barpo etish, raqamlashtirish, transformatsiya, yangi mahsulotlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish jarayonlariga oid ma’lumot va takliflari tinglandi. “Navoiyazot” AJni dunyoning yetakchi korxonalaridan biriga aylantirish, ekologik xavfsizlik borasidagi muhim vazifalar muhokama etildi.
Jamiyat yigit-qizlarining yosh mutaxassislar malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish, fan, ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyasi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan takliflari tinglandi, muloqot ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javob berildi. Bunday uchrashuvlarni reja asosida doimiy tashkil etib borish orqali rahbar va yoshlarning hamkorligini mustahkamlashga kelishib olindi.

So`ngi yangiliklar

...

SHAXSIY BIRINCHILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILMOQDA

20.10.2026
...

MANFAATLI VA ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMASI

19.10.2026
...

OLIY TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI BILIM,...

19.10.2026
...

ZAMONAVIY BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH...

19.10.2026
...

KIMYO SANOATIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

19.10.2026
...

MUTAXASSISLARNING SIYОSIY, HUQUQIY BILIMI OSHIRILM...

16.10.2026
...

MUHIM STRATEGIK VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

16.10.2026
...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish