- Biz haqimizda
- Korporativ boshqaruv
- Mahsulotlar katalogi
- Hamkorlar
-
Matbuot markazi
-
Yangiliklar
-
Gender tengligi
-
Bizning Faxrimiz
-
Rasm galereyasi
-
Videogalereya
-
“Navoiy kimyogari” gazetasi
-
Izohlar
-
Ommaviy axborot vositalarida nashrlar
-
Davlat ramzlari
-
Elektron hukumat tizimi
- Tadbirlar
-
Davlat dasturlari
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
-
Yangiliklar
- ESG
-
Barqarorlik
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining logistika boʻyicha oʻrinbosari Axmatullo Shononovning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Muhammadali Vafoyevning korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadovning jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan murojaati
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish Strategiyasi
-
Ichki me'yoriy hujjatlar
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha asosiy hujjatlar
-
Aloqa kanallari
-
Hisobotlar
-
Monopoliyaga qarshi komplaens xizmati
-
Targ'ibot tadbirlari
-
Korrupsiyaga oid murojaatlar
- Aloqa
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
Asosiy > Ommaviy tadbirlar > Sermazmun seminar o‘tkazildi
Sermazmun seminar o‘tkazildi
«O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 59-moddasida mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish faxrli va mas’uliyatli vazifasi belgilanib kasaba uyushmalariga yuklatilgan.
Saflarida millionlab kishilarni birlashtirgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari o‘z a’zolarining mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy intellektual huquqlarini muhofaza qilish, jamiyatda manfaatlar uyg‘unligini ta’minlash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda» - degan edilar mamlakatimiz birinchi prezidenti Islom Karimov.
Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan ishlar muntazam olib boriladi. Shular jumlasiga o‘tgan haftada MM va XT markazlashgan xizmati o‘quv zalida o‘tkazilgan «Ijtimoiy muloqot» mavzusidagi seminar-trening mashg‘ulotlari ham kiradi.
Seminarda notiq sifatida Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining ijtimoiy masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi N.A.Muzapparova va Energetika xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi S.S.Saidmahmudovlar ishtirok etishdi.
Saidnosir Saidqosimovich o‘z ma’ruzasida «Ijtimoiy sherikchilik» to‘g‘risidagi umumiy tushunchalar, hozirgi vaqtdagi ijtimoiy muloqotning ahamiyati kabi narsalarga to‘xtalib o‘tgan bo‘lsa, Nilufar Alimjanovnaning ma’ruzasi jamoa shartnomasi ijtimoiy muloqotning natijasi va jamoa muzokaralarida ishtirok etish kabi masalalarga bag‘ishlandi.
Seminarning ikkinchi qismi trening o‘yinlari bilan o‘tdi. «Ziddiyatli vaziyat(Konflikt)» va «Kim aybdor?» o‘yinlari ishtirokchilarni faol qatnashishga va chuqurroq idrok etishga undadi.
Tadbir so‘ngida ham tashkilotchilar, ham ishtirokchilar birdek mamnun bo‘lganligi haqidagi xulosaga kelindi.