Asosiy > Yangiliklar > GIYОHVANDLIKDAN HIMOYА: OGOHLIK VA MAS’ULIYАT

GIYОHVANDLIKDAN HIMOYА: OGOHLIK VA MAS’ULIYАT

    Korxonada “Giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashishning dolzarb masalalari” mavzusida  davra suhbati tashkil etildi. Unda mutaxassislar tomonidan ushbu zararli illatni keltirib chiqaruvchi omillar, ularning oldini olish, yoshlarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

    Suhbat davomida ishtirokchilarga giyohvand va psixotrop moddalarning inson salomatligi, oila va jamiyatga salbiy ta’siri, noqonuniy muomalasi uchun belgilangan javobgarlik choralari haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, zararli odatlarga moyillikni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan omillarni erta aniqlash va ularning oldini olishda oila, mehnat jamoasi va jamoatchilikning o‘zaro hamkorligi muhimligi qayd etildi.

    Profilaktika ishlarida eng muhim jihat — muammo yuzaga kelgandan so‘ng emas, balki uning oldini olgan holda tushuntirish va ogohlantirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yishdir. Shu nuqtai nazardan, korxonada bunday tadbirlarni muntazam tashkil etish, xodimlar va yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, sog‘lom hamda xavfsiz muhitni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

So`ngi yangiliklar

...

KASBIY SALOHIYAT — TANLOVNING ASOSIY MEZONI

24.09.2026
...

KORXONADA XALQARO STANDART JORIY ETILMOQDA

23.09.2026
...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish