Asosiy > Yangiliklar > SALOMATLIK YÖLIDAGI FIDOYILIK

SALOMATLIK YÖLIDAGI FIDOYILIK

Ayol salomatligini asraş va mustahkamlaş nafaqat oila, balki butun jamiyat farovonligi uçun muhim ahamiyat kasb etadi. TSQda faoliyat yuritib kelayotgan oq libosli akuşer-ginekologlar korxona xotin-qizlari salomatligi yölida mas’uliyat bilan mehnat qilayotgan, ularning dardiga quloq tutib, soğlom avlod dunyoga kelişiga öz hissasini qöşayotgan fidoyi insonlardir.

Ana şunday kasbiga sadoqatli mutaxassislardan biri — Mehriniso Xudoyberdiyeva. U 1997-yildan buyon tibbiyot sohasida samarali faoliyat yuritib, öz tajribasi va bilimlari bilan salomatlik muhofazasiga munosib hissa qöşib kelmoqda.

Soha vakili nafaqat ayollar şifokori, balki ularning yaqin maslahatçisi, dardini tinglaydigan, holatini yurakdan his qiladigan mehriboni hamdir. Zero, bu kasbda bilim va tajribaning özi kifoya emas. Bemor qalbiga yöl topiş, uning xavotirlarini yengillatiş, murojaatlariga e’tibor va ehtiyotkorlik bilan yondaşiş ham yuksak fazilatlarni talab etadi.

Salomatlik posboni öz kasbini sevib, vazifasiga astoydil yondaşadi. Uning fikriça, kasallikni davolaşdan köra, uning oldini oliş, kişilarni öz salomatligiga befarq bölmaslikka undaş muhimdir. Şu bois ayollarga profilaktik köriklarning ahamiyati, öz vaqtida tibbiy tekşiruvdan ötiş, soğlom turmuş tarziga amal qiliş borasida zarur tavsiyalar berib boradi.

Şifokorning mehnat faoliyati zamirida ezgu maqsad mujassam: ayollar salomat, onalarning köngli xotirjam, dunyoga kelayotgan har bir farzand soğlom bölsin. Zero, soğlom ona — soğlom avlod, soğlom avlod esa ertangi farovon jamiyat poydevoridir.

So`ngi yangiliklar

...

SOĞLIK YÖLIDAGI FIDOKORONA MEHNAT

07.11.2026
...

KÖZ NURI – BEBAHO NE’MAT

07.11.2026
...

MEHNAT, MAS’ULIYAT VA INSONPARVARLIK MUJASSAMLIGI

07.11.2026
...

USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

07.11.2026
...

HUQUQIY MADANIYAT – YUKSAK MAS’ULIYAT IFODASI

06.11.2026
...

“Navoiyazot”AJ Komplayens va korrupsiyaga qarşi iç...

05.11.2026
...

KASBIY BILIM VA MAS’ULIYAT — MUNOSIB KADRLAR TANLO...

05.11.2026
...

INSON SALOMATLIGI YÖLIDAGI FIDOYILIK

04.11.2026
...

QOĞOZSIZ BIR KUN — EKOLOGIK MADANIYAT SARI MUHIM Q...

04.11.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish