Asosiy > Yangiliklar > “NAVOIYAZOT” AKSIYADORLIK JAMIYATI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!

“NAVOIYAZOT” AKSIYADORLIK JAMIYATI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!

“Navoiyazot”AJ boshqaruv organi o‘z aksiyadorlariga aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini 2026-yil 12-yanvar kuni soat 10:00da Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 38-uy, “O‘zkimyosanoat”AJ ma’muriy binosida quyidagi kun tartibi bo‘yicha o‘tkazilishini ma’lum qiladi:
1. Yig‘ilish raisi va kotibini saylash.
2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
3. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
4. “Navoiyazot” AJ Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash hamda Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi Nizomga kiritiladigan o‘zgartirishlarni tasdiqlash;
- “Navoiyazot” AJ ijroiya organ faoliyatining 2026-yil uchun eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) tasdiqlash;
- Affilangan bitimni tasdiqlash (“Continaz” MChJ QKning 1-bosqichini sotib olish masalasi)
Umumiy yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2026-yil 12-yanvar kuni 
soat 09:30 dan 10:00 gacha davom etadi. Umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar ro‘yxati 2026-yil 6-yanvar holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestriga asosan tuziladi.
Umumiy yig‘ilishda qatnashish uchun aksiyadorlar o‘zi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa - O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Umumiy yig‘ilishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborot(material)lar bilan tanishish uchun quyidagi manzil va telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: Navoiy shahri, 
Navoiy-5, (+99890) 730-44-72
 
“Navoiyazot” AJ Kuzatuv kengashi

 

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish