Asosiy > Yangiliklar > YANGI LOYIHA MUHOKAMA ETILDI

YANGI LOYIHA MUHOKAMA ETILDI

Kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida zararli gazlarni samarali ajratish va filtrlashda havoni taqsimlash uskunasining ahamiyati katta. Bunday loyiha energiya sarfi, harajatlarni minimallashtirish, sifat nazorati, xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish orqali yuqori samaradorlikka erishish imkonni beradi. 

Germaniyaning “Linde” kompaniyasi vakillari “O‘zkimyosanoat”AJ va “Navoiyazot”AJ mutasaddilari bilan uchrashdilar. Muloqotda korxona negizida barpo etiladigan  havoni taqsimlash uskunasini qurish va ishga tushirish borasida o‘zaro fikr almashildi. Mehmonlar loyihaning ahamiyati, uning dolzarbligi, hamkorlik istiqbollari xususida ma’lumot berdilar.

Quvvatning ishga tushishi bilan yiliga 200 million metr kub kislorod, 224 million metr kub azot yetkazib beriladi hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi. Muzokaralar davomida bunyodkorlik ishlaridan tortib, loyihaning ishga tushishigacha bo‘lgan barcha jarayonlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi, muhim vazifalar belgilab olindi.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish