Asosiy > Yangiliklar > YASHIL TARAQQIYOT UCHUN ZAMONAVIY YECHIMLAR

YASHIL TARAQQIYOT UCHUN ZAMONAVIY YECHIMLAR

O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat Kengashi hamda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamkorligida “Yoshlar tashabbuslari: Yashil taraqqiyot uchun zamonaviy yechimlar” mavzusida davra suhbati va ekotanlov o‘tkazildi.

Tadbir doirasida “Navoiyazot” AJga ekskursiya tashkil etildi. Talabalar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishlab chiqarish jarayonlarida ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Yoshlarga korxona tomonidan Navoiy shahri va Karmana tumani hududida atmosfera havosini muntazam nazorat qilish maqsadida 28 ta zamonaviy kuzatuv stansiyalari o‘rnatilgani xususida soʻz yuritildi.

Shuningdek “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi. Mutaxassislar yoshlar bilan suhbatlashib, daraxtlarni parvarish qilish, sug‘orish tizimlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, hududni ko‘kalamzorlashtirishning ekologik ahamiyati haqida tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.

So`ngi yangiliklar

...

BILIM, XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISH — USTUVO...

18.09.2026
...

GIYOHVANDLIK — INSON HAYOTI VA KELAJAGIGA TAHDID

18.09.2026
...

MEHNAT MUHOFAZASI — USTUVOR VAZIFA

17.09.2026
...

MILLIY LIBOSLARDA MILLAT IFTIXORI

17.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

17.09.2026
...

ZAMONAVIY MAXSUS VA YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI X...

17.09.2026
...

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Na...

16.09.2026
...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish