Asosiy > Yangiliklar > 2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Navoiyazot” AJning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari

2026-yilning I yarim yilligi yakunlariga ko‘ra “Navoiyazot” AJning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari

IIshlab chiqarish ko‘rsatkichlari

Joriy yil I yarim yilligida jamiyat tomonidan 4 098,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati 105,1 foizni tashkil qildi.

Ishlab chiqarish, ammiakli selitra – 310,6 ming tn (reja 321,3 ming tn., 96,7%), karbamid – 240,95 ming tn (reja 240,5 ming tn., 100,2%), sulfat ammoniy – 9,5 ming tn (reja 10,0 ming tn., 95,2%), Polivinilxlorid (PVX) – 26,8 ming tn (reja 35,0 ming tn., 76,4%).

II. Biznes-reja ijrosi tahlili

Iqtisodiy ko‘rsatkichlar:

1. 2026-yilning I yarim yilligida korxonaning sotuvdan tushgan tushumi
4,7 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning
(3,8 trln so‘m) mos davriga nisbatan 120,9 foizga (0,8 trln so‘mga), biznes-rejaga (4,2 trln so‘m) nisbatan 112,1 foizga (0,5 trln so‘mga) oshgan.

Sof foyda 578,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning (186,3 mlrd so‘m) mos davriga nisbatan 310,5 foizga (392,2 mlrd so‘mga) va biznes-rejaga (574,9 mlrd so‘m) nisbatan 100,6 foizga (3,6 mlrd so‘mga) oshgan.

2. Hisobot davrida 697,8 mlrd. so‘m soliqlar to‘langan yoki 2025-yilning mos davriga (331,0 mlrd  so‘m) nisbatan 210,8 foizga (366,8 mlrd so‘mga) o‘sgan.

3. Korxona faoliyatining muayyan qismi qarz hisobiga moliyalashtirilgani natijasida majburiyatlar yil boshiga nisbatan 1,6 trln. so‘mga (13,8 foizga), shundan kreditlar 0,8 trln. so‘mga (8,8 foizga) kamaygan.

Umumiy xarajatlar tahlili:

2026-yilning I yarim yilligida korxonalarning jami xarajatlari 4,3 trln. so‘mni (biznes-rejaga nisbatan 13,2 foizga, 2025-yilga nisbatan 8,5 foizga ko‘p) tashkil etgan.

Shundan, ishlab chiqarish xarajatlari 3,4 trln. so‘m (biznes-rejaga nisbatan 17,0 foizga ko‘p, 2025-yilga nisbatan 38,3 foizga ko‘p), davr xarajatlari 0,45 trln. so‘m (biznes-rejaga nisbatan 54,0 foizga ko‘p va 2025-yilga nisbatan 9,5 foizga kam), moliyaviy xarajatlar 0,4 trln. so‘m (biznes-rejaga nisbatan 26,5 foizga va 2025-yilga nisbatan 56,4 foizga kam).

2026-yil uchun xarajatlarni kamaytirish chora-tadbirlari dasturiga muvofiq 283,7 mlrd. so‘mlik reja amalda 305,9 mlrd. so‘mga yoki 7,8 % (rejaga nisbatan 107,8 %, +22,1 mlrd. so‘m) bajarilgan.

Bir birlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan xarajatlar tahlili, jamiyatda bir birlik asosiy mahsulot ishlab chiqarish tannarxi PVX bo‘yicha biznes-rejaga (9 102,5 ming so‘m/tonna) nisbatan 8 417,8 ming so‘m/tonnaga yoki 7,5 foizga kamaygan, karbamid (2 592,3 ming so‘m/tonna) 2 880,6 ming so‘m/tonnaga yoki 11,1 foizga, ammiakli selitra (2 449,3 ming so‘m/tonna) 2 653,0 ming so‘m/tonnaga yoki 8,3 foizga oshgan.

Debitorlik va kreditorlik qarzlari:

01.01.2026 yilda debitor qarzdorlik 89,6 mlrd so‘mni, 01.07.2026-yilda 70,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 19,4 mlrd. so‘mga (21,7%) kamaygan.

01.01.2026 yilda kreditor qarzdorlik 1 225,2 mlrd. so‘mni, 01.07.2026 yilda 679,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 545,9 mlrd. so‘mga (44,6%) kamaygan.

III. Boshqa masalalar:

1. Investitsiya dasturi doirasida 160,5 mln. dollar investitsiyalar o‘zlashtirildi (rejaga nisbatan –178 foiz), shundan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga 152,5 mln. dollar (rejaga nisbatan –173 foiz).

2. Eksport hajmi 52,5 mln. dollarni tashkil etdi (rejaga nisbatan –94,8 foiz), 2025-yilga nisbatan – 83,8 foiz.

3. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2060,9 mlrd. so‘mlik (rejaga nisbatan – 116,5 foiz) mahsulot ishlab chiqarildi hamda 216,9 mlrd. so‘mlik (o‘sish – 111,1 foiz) mahalliy mahsulot xarid qilindi.

IVRaqamlashtirish holati:

1.     Avtomatlashtirilgan axborot analitik markaz yaratish:

Ishlab chiqarish va moliyaviy jarayonlarni raqamlashtirish maqsadida “Navoiyazot” AJda “Avtomatlashtirilgan axborot analitik markaz” tashkil qilindi. Ushbu markazda korxona biznes-jarayonlarini samarali tahlil qilish, istiqbolda ijobiy natijalarga erishish maqsadida tahlil dashbordi yaratildi.

Mazkur tizimda korxonaning vakolatli omborxonalarida mahsulot aylanmasi, kreditor-debitor qarzdorliklari, import va eksport qilingan mahsulotlar, bankda pul aylanmasi, investitsion loyihalar, moliyaviy model, energoresurslar sarfi, soliq qarzdorliklari va ekin ekilish maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tahlil qilinishi yo‘lga qo‘yildi.

Korxonaga tegishli ma’lumotlarni jamlash va monitoring qilish bo‘yicha 21 ta vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya ishlari amalga oshirildi. Xususan:

– Tovar xomashyo birjasi, Elektron kooperatsiya portali, XT-xarid, O‘zsanoatqurilishbank, Asakabank, Agrobank, O‘zGazTreyd, Transgaz, Hududgaz, Hududiy elektr tarmoqlari, Suv ta’minot, O‘zbekiston temir yo‘llari, Bojxona qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va elektron hisob-varaq-fakturalarni rasmiylashtiruvchi operatorlari hamda korxona ma’lumotlar bazalari o‘zaro integratsiyasi yo‘lga qo‘yildi;

– Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligidan investitsion loyihalar ma’lumotlari olinishi;

– “O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi” AJ, “Hayot birja” AJ, “Raqamli transformatsiya markazi” MChJlarning birja savdolari natijalarini onlayn monitoringi yo‘lga qo‘yildi;

– “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Asakabank” AJ tizimlari bilan bank amaliyotlarini tarixi va pul aylanmasi bo‘yicha ma’lumotlar olinmoqda;

– Bojxona qo‘mitasidan import va eksport qilingan kimyo mahsulotlari ma’lumotlari onlayn olinmoqda;

– Qishloq xo‘jaligi vazirligining "CropAgro" axborot tizimidan fermerlar, ekin maydonlari va hosildorlik ko‘rsatkichlari olinmoqda.

Shuningdek, korxonaning asosiy mahsulotlari kesimida 1 tonna mahsulotga sarflanayotgan energiya resurslari sarfini hisoblash va dashbordda aks ettirilishi tashkil qilingan. Integratsiya qilish bo‘yicha API protokollari va aloqa kanallari sinovdan o‘tkazildi va dashbord tizimiga integratsiya qilindi.

2.     "UzAssets" AJ platformasi va “Yagona g‘aznachilik” tizimi:

“UzAssets” AJ bilan hamkorlikda mazkur jamiyat platformasida joriy etilgan “Yagona g‘aznachilik”, “Moliyaviy model”, “Investitsiya” hamda “Kredit” modullari bo‘yicha korxonaning mas’ul xodimlari belgilangan hamda platformani dolzarb ma’lumotlar bilan muntazam to‘ldirib borish ishlari tashkil etilgan.

Shu bilan birga, korxonada 1C dasturiy platforma negizida “Yagona g‘aznachilik” axborot tizimi joriy etilgan bo‘lib, hozirgi kunda amalda foydalanib kelinmoqda. Mazkur axborot tizimi moliyaviy rejalashtirish, shartnomalar ijrosini nazorat qilish, g‘aznachilik to‘lovlari, xaridlar jarayoni, savdo operatsiyalari hamda komplayens nazorati funksiyalarini qamrab olgan.

Axborot tizimining funksional imkoniyatlarini kengaytirish va biznes jarayonlarni avtomatlashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi, “Hayot Birja”, “Cooperation” elektron savdo platformalari hamda tijorat banklari bilan integratsiya ishlari amalga oshirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmonining 11-bandi «a» kichik bandiga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan boshlab korxonaning «Yagona g‘aznachilik» va ERP axborot tizimlaridagi davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq barcha axborotlarni “Davlat xaridlari markaziy axborot portali” (xarid.imv.uz) saytiga real vaqt rejimida uzatib borish belgilangan bo‘lib, hozirgi kunda korxonamiz tomonidan foydalanilayotgan barcha elektron birja va savdo maydonchalarining operatorlari mazkur portal bilan dasturiy ravishda to‘liq integratsiya qilingan.

3.     Ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (ASUTP):

Korxonaning ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (ASUTP) ma’lumotlari korxonaning umumiy lokal tarmog‘i orqali Analitik markaz ekranlariga chiqarildi. Jumladan:

– Ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasi: 3 ta sexida Siemens PLC va Yokogawa kompaniyasining CENTUM VP dasturiy ta’minoti taqsimlangan boshqaruv tizimi (DCS) orqali boshqariladi;

– PVX, KS va metanol ishlab chiqarish majmuasi: 6 ta sexlarida Siemens PLC va EMERSON kompaniyasining DELTA V ta’minoti taqsimlangan boshqaruv tizimi (DCS) orqali boshqariladi;

– 916-sonli Nitrat kislotasi ishlab chiqarish sexi: Siemens PLC va Yokogawa kompaniyasining CENTUM VP dasturiy ta’minoti DCS orqali boshqariladi;

– 25-sonli Nitrat kislotasi ishlab chiqarish sexi: Honeywell kompaniyasining C-300 Kontroller Experion PKS dasturiy ta’minoti orqali boshqariladi;

– 18-sonli Natriy sianid ishlab chiqarish sexi: HollySys kompaniyasining kontrolleri va HollySys Max dasturiy ta’minoti DCS orqali boshqariladi.

4.     Korxonada ERP tizimini joriy etish

"Tenzorsoft" MChJ bilan hamkorlikda quyidagi ERP modullari bo‘yicha ishlar tashkil etilgan:

– Moddiy oqimlarni boshqarish (MM – Material Management);

– Laboratoriya axborot tizimi (LIMS – Laboratory Information Management System);

– Avtotransport va logistika (ATiL) modullari.

Shuningdek, ERP loyihasining 1-bosqichi doirasida quyidagi modullar bo‘yicha texnik topshiriq ishlab chiqish jarayoni olib borilmoqda:

– Moliya (FI – Finance);

– Kontrolling (CO – Controlling);

– Biznes-rejalashtirish va konsolidatsiya (BPC/EPM);

– Asosiy ma’lumotlarni boshqarish (MDM – Master Data Management).

Shu bilan birga, dasturiy ta’minotni xarid qilish maqsadida “1C:ERP WE. Elektron yetkazib berish” bo‘yicha texnik topshiriq ishlab chiqilgan va tijorat takliflari olingan.

ERP SAP S4/HANA – “TerraLink Technologies MENA DMCC” kompaniyasi bilan 2023-yil 17-oktyabrda 4 088 000 AQSh dollari miqdorida shartnoma imzolangan. Loyiha jami 5 bosqichdan iborat bo‘lib, hozirda uning 2-bosqichi (“Tahlil va batafsil loyihalash”) to‘liq yakunlangan (2024-yil 10-oktyabr).

 

So`ngi yangiliklar

...

MALAKA OSHIRISH ISH UNUMDORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA...

16.09.2026
...

SAYYOR QABUL: MUROJAAT VA YECHIM

15.09.2026
...

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SERTIFIKATLAR...

11.09.2026
...

MALAKALI MUTAXASSISLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM E...

08.09.2026
...

YAYLOV QISHLOG‘IDA ZAMONAVIY MAKTAB FILIALI FOYDAL...

07.09.2026
...

DOLZARB MAVZUDA MULOQOT TASHKIL ETILDI

03.09.2026
...

MUSTAQILLIK — ULUG‘ NE’MAT

02.09.2026
...

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — MEHNATGA E’TIROF

27.08.2026
...

IFTIXOR HISSI VA E’TIROFDAN MAMNUNLIK

26.08.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish