Asosiy > Yangiliklar > Aziz hamkasblar, qadrli korxonamiz xodimlari!

Aziz hamkasblar, qadrli korxonamiz xodimlari!

 

    Har bir inson hayotida ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyos. Yosh avlod kelajagiga mustahkam poydevor qo‘yish ham aynan soha vakillari zimmasidagi mas’uliyatli vazifa. Mehnat faoliyatida esa tajribali mutaxassislarning malakasi, bilimi kimyo sanoati rivojida alohida ahamiyatga ega.

    Bugungi kunda korxonamizda o‘z ishining ustalari, fidoyi, kasbiga sodiq mehnatkashlar juda ko‘p. Jamiyat faoliyat boshlagan yillardan hozirga qadar har bir yangilik, o‘zgarish, sohadagi islohotlarga guvoh bo‘lgan ustozlarning ko‘pligi yoshlar uchun haqiqiy ibrat, hayot, tajriba maktabidir. Biz hamisha ularning mehnatini yuksak qadrlaymiz va minnatdorchilik bildiramiz.

    Hurmatli ustozlar, kasbiga sodiq kimyogarlar!

    Ishonamiz, siz bundan keyin ham o‘z tajribangizni yoshlarga o‘rgatasiz, zimmangizdagi vazifalarni bajarish barobarida, vatanparvar, kimyo sanoatini yaxshi ko‘radigan malakali kadrlarni tayyorlashda o‘z bilimingiz, shijoatingizni ayamaysiz.

    Sizlarga ko‘p ming sonli jamoamiz nomidan mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat, oilaviy farovonlik va qalb xotirjamligini tilayman. Har bir kuningiz bayramdek o‘tsin!

    O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak!


Hurmat bilan,
Farrux Samadov
“Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi

So`ngi yangiliklar

...

MEHNAT FAXRIYLARI E’TIBORDA

15.10.2026
...

XODIMLAR MALAKASI VA XAVFSIZLIK — USTUVOR YO‘NALIS...

14.10.2026
...

MULOQOT — MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

12.10.2026
...

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi...

09.10.2026
...

DAVLAT TILI — MILLAT KOʻZGUSI

09.10.2026
...

YASHIL HUDUDLAR KENGAYTIRILMOQDA

09.10.2026
...

INTELLEKTUAL BOSHQARUV MARKAZI BARPO ETILMOQDA

08.10.2026
...

MULOQOT MUROJAATLARNI IJOBIY HAL ETISHGA XIZMAT QI...

08.10.2026
...

NOMZODLAR SUHBATDAN O‘TKAZILMOQDA

02.10.2026
...

SALOHIYАTLI KADRLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMO...

02.10.2026

“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati

Biz bilan bog`lanish